Kontent qismiga oʻtish

Mixail Sharigin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Mixaylovich Sharigin
Tavalludi 19-noyabr 1852-yil
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Vafoti 6-sentyabr 1906-yil(1906-09-06)
(53 yoshda)[1]
Toshkent
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi
Sohasi Yurist

Mixail Mixaylovich Sharigin (1852-yil 19-noyabr, Sankt-Peterburg – 1906-yil 6-sentyabr, Toshkent[2][3]) – davlat maslahatchisi, Tbilisi tuman sudi raisi, Tbilisi va Toshkent sud palatasi prokurori.

Shariginning dafn marosimi, „Rus qaygʻu kitobi“dan parcha, 1910-yil.

1852-yilda tugʻilgan, Imperator huquq maktabining maxsus kursini tamomlab, Adliya vazirligi xizmatiga kirdi. Xizmati asosan chekka joylarda, avval Orenburgda, keyin Ufada, keyin Turkistonda boʻldi. U yerdan Tbilisiga koʻchirilib, sud palatasi prokurori yordamchisi, soʻngra Tbilisi tuman sudi raisi lavozimlarida ishlagan.

1903-yilda Sharigin Toshkent sud palatasining mas’ul prokurori lavozimiga tayinlanadi va oilasi bilan Toshkentga koʻchib ketadi. 1904-yildan boshlab butun Rossiyada boʻlgani kabi Turkistonda ham mitinglar, ish tashlashlar va namoyishlar boshlandi. Sharigin oʻz paytida inqilobga qarshi kurashganlardan biri edi. U davlat jinoyatlari boʻyicha sudlovlarni qoʻllab-quvvatladi.

Biroq Shariginni qoʻl ostidagilari yetarlicha qoʻllab-quvvatlamagani uchun terrorchilik harakatlari avj oldi, buning natijasida Toshkentda bir qator siyosiy qotilliklar sodir boʻldi.

Sharigin koʻplab tahdidlarga duch kelgan boʻlsada, uning xavfsizligi uchun hech qanday chora koʻrilmadi. Shariginning oʻldirilishida Orenburg Neplyuevskiy kadet korpusidan haydalgan 18 yoshli Badritskiy aybdor boʻlib chiqdi. Toshkentdagi mitinglardan birida u qoʻzgʻolon koʻtarishga va taniqli hukumat amaldorlarini kaltaklashga chaqirgan, buning uchun hibsga olingan, sud palatasi tomonidan sudlangan va 8 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Jazoni oʻtab boʻlgandan soʻng, 1906-yil 6-sentyabrda kunduzi soat 11 da Badritskiy sud palatasi prokurorining qabulxonasiga kelib, unga ariza bermoqchi ekanligini aytdi. Qabulxonada palata prokuroridan tashqari faqat bitta kuryer bor edi. Ishxonaga kirib, Badritskiy eshik oldida Sharigin oʻtirgan stolga bordi va revolverni olib beshta oʻq uzdi, shundan soʻng u oynani sindirib, koʻchaga sakrab chiqdi va yugura boshladi, lekin palataning kuryeri va ikki askar tomonidan ushlandi.

Sharigin voqea joyida vafot etdi. Qotillikdan bir necha kun oldin Shariginning rafiqasi Rossiyaning Yevropa qismiga joʻnab ketgan edi va erining oʻlimi haqida gazetalardan xabar topdi. Badritskiy harbiy sud tomonidan sudlangan va dastlab osishga hukm qilingan, ammo jazo 20 yillik ogʻir mehnatga almashtirilgan.

  • Революция 1905—1907 гг. в Узбекистане: документы и материалы. «Узбекистан», 1984
  • Политические процессы в Туркестане: 1905—1917
  • Всероссийская политическая стачка в октябре 1905 года, Том 2
  • Революционное движение в России весной и летом 1905 года, Том 2, Часть 1
  • Железнодорожники Казахстана в первой русской революции (1905—1907 гг.)
  • Геннадий Головков. Бунт по-русски: палачи и жертвы. ДетективПресс, 2005
  • А. А. Иванов, А. Д. Степанов. Черная сотня: историческая энциклопедия. Институт русской цивилизации, 2008
  • Олег Анатольевич Платонов. Святая Русь: большая энциклопедия русского народа; русская литература
  • Бондаренко И. И., Климов Д. В. Жертвы политического террора в России (1901—1912) / Терроризм в России в начале XX в. (Исторический вестник. — Т. 2 [149]. — Декабрь 2012). — С. 190—215.