Mixail Semyonov
Qiyofa
Mixail Nikolayevich Semyonov (1901.2.12, Lojma sh., Polsha — ?, Leningrad) — kompozitor, xor dirijyori, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1949). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1930). Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi (1936—38), kafedra mudiri (1944—55), professor (1952-yildan), Buxoro musiqa bilim yurtida oʻqituvchi (1938—39), Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1939—40). 1955-yildan Leningradda yashab konservatoriya va Madaniyat institutida (1964-yildan) dars bergan. Asarlari orasida "150 oʻzbek xalq qoʻshiqlari" toʻplami, "Oʻzbek xalq sheʼrlari asosida bolalar uchun 4 qoʻshiq" va boshqa mavjud.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |