Kontent qismiga oʻtish

Mixail Pevsov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mixail Vasilyevich Pevsov (1843.21.5, Novgorod -1902.25.2, Peterburg) — rus sayyoxi, generalmayor. Markaziy Osiyoni tadqiq etgan. Jungʻariya, Mongoliya, Gobi, Qashqar, Kunlunga 1876—90 yillarda uyushtirilgan 3 ta ekspeditsiyaga rahbarlik qilgan. Bosib oʻtgan yoʻllarini marshrut haritasiga tushirib, geografik jihatdan mukammal tasvirlab bergan. Sharqiy Turkiston va Tibet togʻligining shimoliy chekkalari haritasini tuzgan. Turfon soyligining gʻarbiy qismidagi Toʻqsuv botigʻini oʻrgangan. Ikkita yulduzni kuzatib geografik kenglikni aniklash metodi (Pevsov usuli)ni ishlab chiqqan. Oltoydagi muzlik Pevsov nomi bilan atalgan.

  • Puteshestviye po Kitayu i Mongolii, M, 1951; Puteshestviye v Kashgariyu i Kun-Lun, M., 1949.