Mixail Kurzin
Mixail Kurzin | |
---|---|
Tavalludi |
1888-yil Barnaul,
Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1957-yil |
Fuqaroligi | sovet |
Taʼlimi | Moskva rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura instituti |
Kasbi | rassom, o'qtuvchi |
Kurzin Mixail Ivanovich (1888-yil, Barnaul, Rossiya imperiyasi – 1957-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – rassom, oʻqituvchi, sibir va oʻzbek avangard rassom yetakchilaridan biri[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mixail Kurzin 1888-yilda Barnaul, Rossiya imperiyasida tugʻilgan.
1904—1907-yillarda Qozon rassomlik bilim yurtida tahsil olgan. 1908-yildan boshlab Moskva rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura institutida oʻqigan. Uning ustozi K. Korovin boʻlgan. 1910—1912-yillarda Sankt-Peterburgda rassom Brenshteynning qoʻlida ishlagan. 1916-yilda u armiya safiga chaqiruv xati olgan. 1918-yilda xizmatni oʻtab Barnaulga qaytgan[2]. U oʻz atrofida bir guruh rassomlarni birlashtirib Oltoy oʻlkasidagi badiiy-texnika ustaxonalarida dars bergan. 1919-yilda Toshkent va Xitoyga sayohat qilgan. 1921—1922 yillarda u Moskva davlat institutida materiallar texnologiyasidan dars bergan.
1923-yilda rafiqasi Yelena Korovai bilan birga Qrimga koʻchib oʻtgan. 1924-yilda Toshkentga koʻchib kelgan va umrining oxirigacha shu yerda yashagan[2]. U Toshkentdagi teatrlaridan birida rassom boʻlib ishlagan. 1927-yilda u Mastera Novogo Vostoka rassomlar guruhini tuzgan. 1929-yilda Toshkent tasviriy sanʼat hodimlari uyushmasining raisi boʻlib ishlagan.
1930-yilda V. P. Markovaga uylangan. Uning xotini ham rassom boʻlgan.
1936-yilda sud qilinib, besh yilga qamalgan. 1945-yildan boshlab Buxoroda yashagan. 1948-yilda u yana sud qilinib[3] Krasnoyarsk oʻlkasiga surgun qilingan. 1956-yilda u ozodlikka chiqarilgan, 1957-yilda esa Toshkentda vafot etgan[3].
Mixail Kurzinning saqlanib qolgan asarlarining aksariyati Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyida va Toshkentdagi Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi[4], shuningdek, ayrim asarlari Rossiya davlat muzeyi[5], Barnaul va Omsk muzeylari va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Мини-выставка, посвященная 125-летию со дня рождения М.И. Курзина и И.Д. Чашникова.“.
- ↑ 2,0 2,1 „МИХАИЛ ИВАНОВИЧ КУРЗИН (1888-1957) ВТОРОЙ РУССКИЙ АВАНГАРД. Обсуждение на LiveInternet - Российский Сервис Онлайн-Дневников.“. Qaraldi: 2023-yil 14-oktabr.
- ↑ 3,0 3,1 „«Прошлый Век». Галерея искусства XX века. Живопись, фотография, графика, интерьеры, биографии художников XX века.“.
- ↑ „Государственный музей искусств имени И. В. Савицкого“.
- ↑ „Курзин М.И. Баскетбол. 1920 – 1924 | Proekt „Russkiy muzey: virtualniy filial“.“.