Mirzoyan Komilov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mirzoyan Mirzahmedovich Komilov (1936.17.10, Toshkent) — informatika va kibernetika sohasidagi olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1994), texnika fanlari doktori (1974), professor (1977). N.E. Bauman nomidagi Moskva Oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1960). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida muhandis (1960—63). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Hisoblash markazida (1963—66), Hisoblash markazli Kibernetika institutida laboratoriya mudiri (1966—83), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Kibernetika“ IICHB „Algoritm“ instituti direktori oʻrinbosari (1983-92), „Kibernetika“ IICHB qoshidagi „Tizimli tadqiqotlar“ i. t, instituti direktori (1992—94). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (1994—2001), 2001-yildan „Kibernetika“ institutida laboratoriya mudiri. Ilmiy ishlari, asosan, informatika, kibernetika, inson-mashina hamda sunʼiy intellekt tizimlarini qurish, yechim qabul qilish, tasvirlarni aniqlash nazariyasi va amaliyotiga doyr. Texnik-texnologiya turdagi murakkab tizimlarni modellashtirish nazariyasiga munosib hissa qoʻshgan. Uzluksiz va uzluksiz-uzlukli jarayonlarni adaptiv identifikatsiyalash hamda shu sohada hisoblash tizimlarini qoʻllashning yangi usulini asoslab berdi. Respublikada birinchilardan boʻlib tizimli tahlilga hamda kimyoviy texnologiya jarayonlarni muqobil boshqarish va ushbu jarayonlarni identifikatsiyalash uchun boshqaruv hisoblash majmualarini qoʻllashga asos soldi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Algoritmi vichisleniya otsenok i ix primeneniya, T., 1974 (hamkorlikda); Informatsionno-raspoznayuщie sistemi chastichnoy presedentnosti, T., 1989 (hamkorlikda).
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |