Kontent qismiga oʻtish

Mirzoqush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirzoqush (Sagittarius serpentarius) — kunduzgi yirtqichlar turkumiga mansub kush. Gavdasining uzunligi 125 sm ga yaqin, koʻrinishi turnaga oʻxshash. Boshida orqa tomonga qarab oʻsgan bir necha uzun patlari mirzolarning patqalamni quloq orqasiga qoʻyib yurishini eslatadi (nomi shundan olingan). Afrika savannalarida tarqalgan. Yiliga 2 ta tuxum quyib, 6 hafta bosib yotadi. Ilonlar, kaltakesaklar, ayrim mayda qushlar va hasharotlar bilan oziqlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil