Mirzo Ubayd madrasasi
Madrasa | |
Mirzo Ubayd madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Mirza Ubayd ibn Mirza Ne’mat |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Mirza Ubayd ibn Mirza Ne’mat |
Asosiy sana: XVIII asr
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 15 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Mirzo Ubayd madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Mirzo Ubayd madrasasi XVIII asrda Mirzo Ubaydulloh guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi davrida Mirza Ubayd ibn Mirza Ne’mat tomonidan bunyod etilgan. Mirzo Ubaydulloh guzari avval Boboyi ol va Chor karvonsaroy nomlari bilan atalib kelingan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan bo’lib, madrasa bilan bogʻliq ma’lumotlar keltirgan. Dastlabki vaqf hujjatlarida ushbu madrasa Mirza Ubayd ibn Mirza Ne’mat tomonidan qurilganligi yozilgan. Mazkur hujjat 1780-yilda rasmiylashtirilgan. Vaqf hujjatida Mirza Ubaydulloh ibn Mirza Ne’mat Poyruddagi Joʻybori berunda, Mirjon keldi mavzesi oldida 40 tanob mulki xolis yerini vaqf qiladi. Madrasaga uning oʻgʻli Mirza Fayz mutavvali qilib tayinlangan. Mazkur vaqf hujjatida 1780-yil rasmiylashtirlgan. Madrasa hujjatiga oid yana ikkita vaqf hujjati topilgan. Ularda madrasada faoliyat olib borgan mudarrislar toʻgʻrisida ma’lumotlar ham mavjud. Hujjatda mulla Lutfilloh nomli mudarris nomi tilgan olingan. Ikkinchi hujjatida Sayyidxoja Xoʻqandiy va Mirzaxoja Badaxshiy ismli talabalar nomlari keltirilgan[2]. Olga Suxareva ma’lumotlariga ko’ra Mirza Ubayd qabri shu guzar masjidi yonida joylashgan. Sadri Ziyo Mirzo Ubayd madrasasida 15 ta hujralar bo’lganligini yozib qoldirgan[3]. Mirzo Ubayd madrasasi 15 ta hujradan iborat bo’lgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo me’morchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.