Kontent qismiga oʻtish

Mirzo Olim Toshkandiy ibn Mirza Rahim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirzo Olim Toshkandiy Ibn Mirza Rahim, Mushrif (19-asr) — tarixchi olim, shoir.

Qoʻqon xonlari Xudoyorxon va Mallaxon saroylarida mushrif (nazoratchi) vazifasida ishlagan. 19-asr oxirida yozgan "Ansob ussalotin va tavorix ul-xavoqin" ("Sultonlar shajarasi va xoqonlar tarixi") asari bilan mashhur. Asar Fargʻonaning 15—19-asrlar orasidagi tarixini oʻz ichiga oladi. Muallif, ayniqsa, Qoʻqon xonligini soʻnggi davri 1842—76 yillar tarixini keng yoritgan. Asarda Qoʻqon adabiy muhiti batafsil tasvirlangan. Mazkur asar boʻyicha dastlabki maʼlumotni Validiy keltirib, 1913-yilda uni Qoʻqonda Yunusjon dodxoh kutubxonasida koʻrganligini yozgan. Bir nechta qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Oʻzbek va tojik tillarida "Mushrif" taxallusi bilan sheʼrlar yozgan.

Ac: Qoʻqon xonligi tarixi (Ansob ussalotin va tavorix ul-xavoqin), T., 1995.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil