Mirzamahmud Musaxonov
Mirzamahmud Mirzarahmonovich Musaxonov (1912—1995-yillarda yashab oʻtgan) — oʻzbeksovet davlat va partiya arbobi. 1952-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan. 1961—1976-yillarda KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod va 1976—1986-yillarda KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi, SSSR Oliy Soveti Ittifoq Kengashining 7- va 11-chaqiriqlarida (1966—1989-yillarda) Toshkent viloyati deputati[1] etib saylangan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirzamahmud Mirzarahmonovich Musaxonov 1912-yilning 9 (22) — oktabrida Toshkentda (boshqa maʼlumotlarga koʻra Fargʻonada[2]) tugʻilgan. Otasi Mirzarahmon Musaxonov (Fargʻonada tugʻilgan) birinchi inqilobchilardan boʻlib, 1923—1924-yillarda Turkiston SSR Ichki ishlar xalq komissari boʻlgan.
Musaxonov 1937-yilda Moskva toʻqimachilik institutini tamomlab, Oʻzbekiston SSR toʻqimachilik sanoati korxonalarida ishlay boshlagan. Faoliyati davomida Fargʻona toʻqimachilik kombinatida navbatchi usta vazifasidan tortib, korxona direktorigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan[2]. 1943-yildan boshlab esa VKP/KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosiga aylangan.
1948—1951-yillarda Mirzamahmud Mirzarahmonovich, Oʻzbekiston SSR Oziq-ovqat va Yengil sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari. 1951—1953-yillarda mazkur vazirlikning Vaziri, 1953—1955-yillarda Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Devoni xodimi. 1955—1956-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi kotibi. 1956—1957-yillarda Oʻzbekiston SSR Davlat plan qoʻmitasi raisi. 1957—1958-yillarda Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari. 1958-yilda qayta Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi kotibi.
1958—1959-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kengashi raisi. 1959—1961-yillarda Butunittifoq Kasaba uyushmalari markaziy kengashi kotibi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, Musaxonov 1961-yil 30-maydan 1963-yil 22-martgacha - Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Raisi boʻlgan. 1962-1965 yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi va Oʻzbekiston SSR Vazirlar Sovetining Partiya-davlat nazorati qoʻmitasi raisi va bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 1965-yilning dekabr oyidan 1970-yilning yanvar oyigacha — Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining birinchi oʻrinbosari vazifasida mehnat qilgan.
Musaxonov shu bilan birga, 1970-yil yanvar oyidan 1985-yil 22-yanvargacha — Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi boʻlib ham ishlagan.
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1976-yil 25-dekabrdagi Farmoni bilan Mirzamahmud Mirzarahmonovich Butunittifoq sotsialistik musobaqasida erishilgan yuksak muvaffaqiyatlar, paxta, gʻalla va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishni koʻpaytirish boʻyicha rejalar va sotsialistik majburiyatlarni bajarishda koʻrsatan mehnati va jasorati sabab Lenin ordeni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali hamda „Sotsialistik Mehnat Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan.
Musaxonov 1985-yilning yanvar oyida nafaqaga chiqqan.
U,,paxta ishi" deb nomlangan ishda ishtirok etgan degan ayblov bilan 1987-yil 20-sentabrda Gdlyan-Ivanov guruhi tomonidan hibsga olingan. Unga Tojikiston SSR Oliy sudi tomonidan 1990-yilning 2-fevralida olti yillik qamoq jazosi hukmi berilgan va xuddi shu sud tomonidan 1992-yil 24-aprelda 4-18-92-sonli qaror bilan aybdorlik dalillari yoʻqligi sabab sudlanganligi noqonuniy deb topilib, hukm sud ishi yakullangan. Shundan soʻng Musaxonov ozodlikka chiqqan. Ammo SSSR Prezidentining 1991-yil 16-iyuldagi farmoni bilan uning barcha davlat mukofotlari, jumladan, „Sotsialistik Mehnat Qahramoni“ unvoni bekor qilingan. Ushbu farmon hali ham amalda.
Mirzamahmud Mirzarahmonovich Toshkentda istiqomat qilgan. U 1995-yil 5-yanvarda vafot etgan va Toshkent shahrida dafn etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Список депутатов Верховного Совета СССР 11 созыва“. 2011-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2013-yil.
- ↑ 2,0 2,1 {{{заглавие}}}.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mirzamaxmud Mirzaraxmanovich Musaxanov (rus.). Sayt „Geroi strani“.
- Biografiya v Spravochnike po istorii Kommunisticheskoy partii i Sovetskogo Soyuza
- Biografiya na sayte „TsentrAziya“ (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
- [www.az-libr.ru/index.shtml?Persons&CLH/9735652a/index Biografiya na sayte „AzLibr“]
- 1912-yilda tugʻilganlar
- 22-oktyabrda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 1995-yilda vafot etganlar
- 5-yanvarda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Toshkentda dafn etilganlar
- “Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan” medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi medali sohiblari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining raislari
- Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari
- Sovet Ittifoqining Oʻzbekiston SSRdan saylangan deputatlari
- Oʻzbekistonda paxta ishi
- O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari
- O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari
- O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari
- O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari
- KPSS XXIV syezdi delegatlari
- KPSS XXV syezdi delegatlari
- KPSS XXVI syezdi delegatlari