Kontent qismiga oʻtish

Mirzagʻani Iskandarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirzagʻani Iskandarov (1925-yil 6-noyabr, Zadaryo tumani — 1995-yil 15-sentyabr, Toshkent) — tarixchi olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1976). Tarix fanlari doktori (1973), professor (1981). Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1954). Oʻzbekiston K.P MK targʻibot va tashviqot boʻlimi mudiri (1974—1979), Toshkent Oliy partiya maktabi direktori (1980—1991). Asarlari oʻtgan asr 70—80-yillari madaniyati, ziyolilar va ularning iqtisodiyot, madaniyat, fan va texnika sohalaridagi faoliyatlariga oid[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.