Mirza Azizov
Mirza Azizov | |
---|---|
Tavalludi |
22-dekabr 1963-yil |
Vafoti |
16-aprel 2021-yil (57 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | |
Kasbi | aktyor, rejissor |
Faoliyat yillari | 1989—2021 |
Mukofotlari | Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan artist |
Mirza Azizov (1963-yil 22-dekabr, Namangan – 2021-yil 16-aprel, Toshkent) – sovet va oʻzbek aktyori va rejissori, Oʻzbekiston xalq artisti.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirza Azizov 1963-yil 22-dekabrda Oʻzbekistonning Namangan viloyati boʻlmish Chust shahrida dunyoga keladi. Oʻrta maktabni aʼlo baholarga tugatgach, Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutiga oʻqishga kirdi. Institutni tugatgach, 1989-yilda Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatriga aktyor sifatida ishga qabul qilinadi[1].
Mirza Azizov 2016-yildan to 2021-yillargacha Muqimiy nomidagi Oʻzbek musiqali drama va komediya teatrining direktori boʻlib ishlab keldi.
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirza Azizov aktyorlik faoliyati davomida „Yusuf va Zulayxo“da Fir’avn, „Farhod va Shirin“da Baxrom, „Nodirabegim“ musiqali dramada Madalixon, „Alpomishning qaytishi“ spektaklida Alpomish, „Na malakman na farishta“da Mashrab, „Toʻptalgan tuygʻu“da Boysoat „Medeya“da Kreon kabi timsollarni mahorat bilan ijro etishi bilan tomoshabinlar qalbida muhim oʻrin egalladi.
Shuningdek aktyor Azizov oʻzini rejissor sifatida ham gʻoyaviy-badiiy jihatdan yetuk spektakllarni sahnalashtirishda ham isteʼdodini sinab koʻrdi. Uning „Toʻda“ spektakli 2005-yilda Qohirada boʻlib oʻtgan XVII Xalqaro eksperimental teatrlar festivalida 94 ta davlat ichida laureat boʻlgan. Mirza Azizov „Sinfdosh“, „Samolarga sigʻmaydigan qush“, „Baxil boy va xizmatkor“, „Toshkent malikasi“, „Uygʻonish“, „Layli va Majnun“, „Qalb dogʻiʻ“ kabi spektakllarda oʻzbek musiqali teatri rivojiga munosib hissa qoʻshdi.
Isteʼdodli aktyor koʻpgina filmlarda, jumladan, „Koʻngil koʻchalari“ serialida Sanjar, „Ostona“da mayor Moʻminov, „Imom Buxoriy“da habash, milliy serialimizdagi „Gulxan atrofida“da Hazrat Qorayevich va „Muhabbat sinovlari“ filmida Aziz Mirzayevich, „Tubanlik“da Turgʻun hoji, „Margʻiyona“da temirchi, „Muruvvat“da Qodir, „Muxabbatimsan“da Shuhratxoʻja, „Gumrohlar“da Mirza Mahmudov, „Novda“da bosh shifokor bosh rollarini oʻynagan.
Rejissorlik ishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Banda
- Sinfdosh
- Samolarga boʻylagan qush
- Ochkoʻz boy va xizmatkor
- Toshkent malikasi
- Uygʻonish
- Layli va Majnun
- Koʻngil dogʻi
Mukofot va unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1999-yilda – "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist" faxriy unvoni berilgan
- 2015-yilda – "Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti"
- 2014-yilda – Mirza Azizov „Yilning eng yaxshi aktyori“ Milliy kinomukofotiga nomzod boʻlgan[2]
- 2019-yil boshida – Oʻzbekiston xalq artisti Mirza Azizov Qirgʻiziston Respublikasida taʼsis etilgan adabiyot va sanʼat sohasidagi Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro mukofot sovrindori
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2021-yil)[3];
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston xalq artisti Mirza Azizov 2021-yil 15-aprel kuni koronavirus xastaligidan soʻng 58 yoshida vafot etdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev el ardoqlagan aktyor vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirdi[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Azizov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
- ↑ Opredeleni laureati natsionalnoy premii „Eʼtirof-2014“uzdaily.uz
- ↑ „O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi“. kun.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
- ↑ Shavkat Mirziyoyev Mirza Azizov vafoti munosabati bilan taʼziya bildirdi Qalampir.uz