Kontent qismiga oʻtish

Mirob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirob — suv taqsimoti va sugʻorish tarmoqlarini nazorat qiluvchi shaxs. Qadimdan Oʻrta Osiyoda daryo vodiylari va dehqonchilik vohalarida sugʻorish tarmoqlarining bosh toʻgʻonlarini tiklash, sohillar boʻylab dambalar oʻrnatish, sugʻorish tarmoqlarini loyqadan tozalash, suvni navbat bilan taqsimlash, ortiqcha suv va zaxoblarni zaxkashlar orqali partovlarga chikarib yuborish kabi barcha suv xoʻjaligi ishlari irrigatsiya va melioratsiyani yaxshi bilgan tajribali sohibkorlar boshchiligida amalga oshirilgan. Oʻrta Osiyo xonliklarida maxsus M.lik lavozimlari boʻlgan. Mas, Buxoro va Xiva xonliklarida 16— 18-asrlarda bosh vazir (otaliq), davlat nazoratchisi (miroxur) kabi oliy mansabdor shaxslar xonlikning bosh M. i unvoniga ega bulishgan. Bosh sugʻorish tarmogʻi — kanaldan asosiy sugorish tarmoqlari (katta ariqlar) ga mirobboshi, katta ariqlardan qishloq ariqlariga ariq oqsoqoli ("arbob"), qishloq ariqlaridan shoh-ariq va dahanalarga qishloq M.i ("joʻybonlar") suv taqsimotiga masʼ-ul boʻlgan. M.lik avloddan-avlodga oʻtgan. Mirobboshi xizmat haqi uchun davlat xazinasidan maosh olgan. Har yili kuzda shohariqlar M.lari dehqonlardan hosildan mahsulot hisobida 1— 2 gʻalvir gʻalla ("mirobona") undirar edi. Hozirgi magistral kanallar boshqarmalarida xoʻjaliklarga suv taqsimotini nazorat qiluvchi gidrotexnik.

Ad., Muham madjonov A., Oʻzbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997.

Masharif Boqiyev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil