Mirkozimjon Nishonov
Mirkozimjon Nishonov | |
---|---|
Tavalludi |
7-mart 1957-yil Izboskan tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Fargʻona davlat universiteti |
Taʼlimi | Fargʻona davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mirkozimjon Fozilovich Nishonov (1954-yil 7-mart, Izboskan tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzodi, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirkozimjon Nishonov 1954-yil 7-mart Izboskan tumanida tugʻilgan[1]. 1971—1976-yillarda Fargʻona davlat pedagogika instituti tabiiyot-geografiya fakultetini „Kimyo-biologiya“ mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1977-yil 1-dekabrdan Fargʻona davlat pedagogika instituti „Kimyo“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1979—1982- yillarda Toshkent politexnika instituti kimyo-texnologiya fakulteti „Anorganik moddalar texnologiyasi“ kafedrasi aspiranti, 1986-yildan dotsent vazifasini bajaruvchi, 1988-yilda kimyo kafedrasi dotsenti, 2005-yildan Fargʻona davlat universiteti kimyo kafedrasi mudiri, dotsent, professor lavozimida ishlab kelmoqda[2].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali, 4 nafar farzandi bor[2].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1983-yilning 24-iyunida „Nitrat kislota ishlab chiqarishi chiqindi gazlarini azot oksidlaridan past foizli palladiyli katalizatorlarda katalitik tozalash“ mavzusida „Noorganik moddalar texnologiyasi“ mutaxassisligi boʻyicha texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun dissertatsiyani yoqladi. 2019-yil 30-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan „Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi“ ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvoni berildi. 7, 8, 9-sinflar kimyo darsliklari va oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun yaratilgan „Kimyo oʻqitish metodikasi“ darsligining mualliflaridan biridir. 150 dan ortiq ilmiy, ilmiy-metodik maqolalar, 10 dan ortiq darslik va qoʻllanmalar, 2 ta monografiya muallifi[2].