Mirakoni nav madrasasi
Mirakoni nav madrasasi | |
---|---|
Joylashuv | Buxoro |
Turi | madrasa |
Xarita |
Mirakoni nav madrasasi Mirakon guzarida joylashgan. Uning nomi dastlab faqat „Tarixi nofeiy“da uchragan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirakoni nav madrasasiga oid vaqf hujjati bizgacha yetib kelgan. Unda hijriy 1077-yili muharram oyida (1666-yil iyul' — avgust) Nadr devonbegi ibn marhum Sadrbiy yabu, hoji Rahimbek ibn Arabbiy mirzaboshi vakilligida Poyirud tumanidagi Safedmo‘y mavzesida 160 tanob ekinli va qirliklardan iborat yerlar Mirakon ko‘chasidagi Mirakon madrasasiga vaqf qilingani yozilgan. Ushbu madrasa Amir Sadriddin xonaqohi nomi bilan ham yuritilgan. G‘arb tarafidan qozi Amir Fayz hovlisi bilan qo‘shni bo‘lgan. Vaqf mulkiga Amir Bahovuddin Umar ibn hazrati Xoja Mirak al Husayniy Azizon mutavalli etib tayinlagan. Bu vazifani undan keyin avlodlari davom ettirgan. Ulardan hech kim qolmasa, qozikalon unga munosib odamni tayinlagan. Madrasada mudarris va talabalardan tashqari 1 imom, har juma uchun 1 xatib xizmat qilgan. Juma namozidan oldin 3 nafar hofiz Qur’on tilovat qilgan. 1 farrosh masjid va madrasani har kuni tozalab turgan. Ushbu vaqf hujjati ko‘chirma nusxa va Amir Maʼsum muhri bilan tasdiqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 338.