Kontent qismiga oʻtish

Mirakoni ko‘hna madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirakoni ko‘hna madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Mirakoni ko‘hna madrasasiMirakon guzarida joylashgan bo‘lib, pishiq g‘ishtdan qurilgan 24 hujradan iborat bo‘lib, hovlisida supasi bo‘lgan.

O. A. Suxarevaning taʼkidlashicha, yozilish vaqti ko‘rsatilmagan bir hujjatga asoslanib O. D. Chexovich uni XVII asr, aniqrog‘i, 1016-yilga (1607 — 1608) qadar qurilgani haqida maʼlumot bergan. Hijriy 1081-yil zulhijja oyida (1671-yil aprel' — may) tuzilgan vaqf hujjatida Amiri Kabir Muhammad Nazarbiy devonbegi ibn hoji Omon Samjan tumanidagi Kasakon mavzesida ekinga yaroqli 500 tanob yerini Mirakoni ko‘hna madrasasi uchun vaqf qilgani yozilgan. Shu sababdan uni Eshnazarbiy madrasasi nomi bilan ham atashgan. Madrasaning g‘arbida xonaqoh, shimolida Yavlibek va Abdurahmonbek hovlisi, sharqida katta ko‘cha va janubida Bibi Mo‘g‘ul binti mulla Sodiq hovlisi bor bo‘lgan. Vaqf mulkiga Mir Sayyid Muhammad ibn marhum Mir Solih mutavalli bo‘lgan. Keyin bu vazifani avlodlari davom ettirgan. Ulardan hech kim qolmasa, qozi bu ishga munosib odamni tayinlagan. Vaqf mulki vazifadorlarga taqsimlab berilgan. 1 farrosh madrasa va masjidni har kuni tozalab turgan. Qishda tom ustini kuragan.[1]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 337.