Kontent qismiga oʻtish

Mir Jalal Pashayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pashayevga bagʻishlangan Ozarbayjon markasi

Mir Anvar Pashayev (ozarbayjoncha: Mir Cəlal Paşayev; Mir Jalal nomi bilan ham mashhur; 1908-yil 26-aprel, Xalxal, Eron – 1978-yil 28-sentabr, Boku) – ozarbayjonlik yozuvchi hamda adabiyotshunos. Ozarbayjonning birinchi xonimi Mehribon Aliyevaning bobosi.

Taʼlim va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1928-yilda Ganjada taʼlim yoʻnalishini tugatgan. Ikki yildan soʻng Tataristonning Qozon universitetida oʻqishini davom ettirdi. Keyinchalik Mir Jalal Boku oliy taʼlim institutiga oʻqishga kirgan. Oʻqib yurgan chogʻida u turli gazetalarda ilmiy izlanishlar olib borgan. Ular orasida eng koʻzga koʻringani „Young Worker“ boʻlib, ushbu gazetada Ozarbayjonning koʻplab taniqli adabiyot arboblari ishlagan. 1933-yilda Ozarbayjon davlat universitetida Ozarbayjon adabiyoti tarixi boʻyicha tadqiqotchi boʻlib ishlagan. Magistrlik dissertatsiyasi sifatida XV asrning mashhur ozar shoiri Fuzuliy sheʼriyati haqida kitob yozgan. 1947-yili Boku davlat universitetining professori boʻlgan. Butun umrini oʻqituvchilik va yozuvchilikka bagʻishlagan[1].

Mir Jalal oʻrta asrlarda yashagan mashhur shoir va faylasuf atoqli shoir ijodi boʻyicha oʻzining ilmiy topilmalari va izlanishlari bilan Fuzuliy maktabining takomillashuvida katta rol oʻynadi. Mir Jalal nomzodlik dissertatsiyasida ham shu mavzudagi izlanishlarini davom ettirdi. Bundan tashqari, uning „Foundations of the literature“, „20th century Azerbaijani literature“ nomli asarlari ilmiy doiralarda tadqiqotchilar, akademiklar va talabalar uchun material sifatida foydalaniladi.

Pashayev 12 yoshida sovet byurokratiyasini masxara qiluvchi satirik qissalari bilan tanilgan[2].

Eng mashhur kitoblari:

  • Dirilen odam (1936)
  • Bir gəncin manifesti (1938)
  • Yolumuz hayanadır? (1957)
  • Yaşıdlar (1984).

Mukofot va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. The Life and Works of Mir Jalal (1908–1978) by Hasan Javadi. Azeri.org
  2. Mir Jalal Pashayev, Dried up in the Meetings. Azerbaijan International. Spring 2004, #12.1