Ming yardlik nigoh
Ming yardlik nigoh yoki ikki ming yardlik nigoh iborasi koʻpincha urush dahshatlari sababli atrof-muhitdan hissiy jihatdan ajralib qolgan jangchilarning boʻsh, diqqatsiz nigohlarini tasvirlash uchun ishlatiladi. Baʼzida u boshqa turdagi jarohatlar qurbonlarida kuzatiladigan dissonatsiya koʻrinishini tasvirlash uchun ham qoʻllanadi.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu ibora Life jurnalida Ikkinchi jahon urushi rassomi va muxbiri Tom Leaning „Marines Call It That 2,000 Yard Stare“ deb nomlangan suratini chop etganidan keyin ommalashib ketdi[1]. 1945-yilgi jurnal maqolasida rasm aynan bu nom bilan tilga olinmagan. 1944-yilda Peleliu jangidagi nomaʼlum dengiz piyodasi tasvirlangan portret hozirda Kolumbiya okrugidagi Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasining Fort-Lesleydagi Harbiy tarix markazida saqlanadi. Lea portretda tasvirlangan dengiz askari haqida shunday deydi:
U 31 oy oldin shtatlarni tark etgan, birinchi jangda yaralangan, tropik kasalliklarga chalingan. U kechalari chala uxlaydi va kun bo'yi yaponlarni o'qqa tutgan. Jamoasining uchdan ikki qismi o'ldirilgan yoki yaralangan. U bugun ertalab yana hujumga qaytadi. Inson bunga qanday bardosh berishi mumkin?
1965-yilda kapral sifatida xizmat qilgan Joe Houle Vetnamga kelgani haqida aytib berar ekan (2002-yilda Karolina dengiz piyodalari muzeyi direktori boʻlgan) yangi otryadining koʻzlarida hech qanday his-tuygʻularni koʻrmaganligini aytdi: „Ularning koʻzlari xuddi tiriklikdan judo boʻlganga oʻxshardi“. Keyinchalik u askarlarning bu holati „ming yardlik nigoh“ atamasi bilan nomlanishini bilib oldi. „Ilk marta doʻstimni yoʻqotganimdan soʻng, odamlardan uzoq yurganim yaxshi degan fikrga keldim“, degan edi u[2].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Life magazine, 6/11/1945, p. 65. link
- ↑ Stone, Sgt. Arthur L.. „Retired Sgt. Maj. Joe Houle recounts Vietnam tour“. Marine Corps News (2-may 2002-yil). 7-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2015-yil.
- ↑ Stone, Sgt. Arthur L.. „Retired Sgt. Maj. Joe Houle recounts Vietnam tour“. Marine Corps News (2-may 2002-yil). 7-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2015-yil.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |