Kontent qismiga oʻtish

Mineral oziqlanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mineral oziqlanish - 1) (oʻsimliklarda) oʻsimliklarning oʻz hayot faoliyati uchun zarur kimyoviy elementlarni mineral tuzlar ionlari shaklida tuprokdan oʻzlashtirish jarayonlari majmui. Mineral oziqlanish tuproqdan mineral tuzlar ionlarini oʻzlashtirish, ionlarning almashinuv jarayoniga koʻshilishi va oʻsimlik boʻylab harakatlanishidan iborat. Mineral oziqlanish elementlari sirasiga makroelementlar (N, S, R, K, Sa, Mg) va mikroelementlar (Gʻe, V, Mn, Cu, Zn, Mo) kiradi. Azotni oʻsimliklar anion NO3 yoki kation NH+4, fosfor va oltingugurtni N2R04va SO4" anionlari shaklida, metallarni K+, Sa2+ va Mg2f kationlari shakllarida oʻzlashtiradi. Baʼzi oʻsimliklar boshqa elementlarga ham talabchan boʻladi. Mac, qand lavlagining oʻsishiga va rivojlanishiga natriy ijobiy taʼsir etadi, dukkaklilarga kobalt zarur (tuganak bakteriyalar molekulyar azotni toʻplashi uchun). Oʻsimliklarning modda almashinuvi va oʻsishiga alyuminiy, nikel, qoʻrgʻoshin, kadmiy, xrom va boshqa elementlarning, garchi zarur boʻlmasa ham, ijobiy taʼsir koʻrsatishi kuzatilgan. Ionlar ildiz tukchalaridagi ildiz hujayralarining tashqi qobigʻi yuzasi orqali shimilib, keyin hujayra sitoplazmasiga ularni oʻrab olgan lipoproteidli membrana, yaʼni plazmolemma orkali kirib keladi. Ionlar passiv ravishda diffuziya yoʻli bilan, shuningdek, molekulalar va ionlarni tashuvchi ion nasoslar yordamida faol ravishda sitoplazmaga kiradi.

Dala sharoitlarida oʻsimliklar uchun tuproq eritmalari bevosita ozuqa ionlar manbai boʻlib xizmat qiladi. Oʻsimlik bir kecha-kunduzda bir necha bor (mas, raygras 10-marta) tuproq eritmasidagi fosforni toʻliq oʻzlashtirib oladi va uning yangi miqdorlarini bogʻlangan holatdan chiqaradi. Natijada Mineral oziqlanish elementlarining soʻrilishi tezligi ularning tuproq eritmasiga utishi tezligi bilan meʼyorlashadi. Mineral oziqlanishni meʼyorlashtiruvchi yana bir boshqa omil — tuprokdagi ildizlar sirtiga ionlarning diffuziyalanishi (yetib kelishi) tezligidir. Shu bois ildiz tizimining morfologik tavsifi (uzunligi, tarqalishi, tarmoqlanishi, oʻsishi tezligi) Mineral oziqlanishuchun fiziologik (oʻsimlik sirti yuqori qismi birligining soʻrish faolligi) tavsifiga Karaganda koʻproq ahamiyatlidir. Bu holat seleksiya ishlarida eʼtiborga olinadi.

Oʻsimliklarda Mineral oziqlanish elementlari ildiz, shox va barglardan oʻtadigan ksilemmaning oʻtkazuvchi tomirlari orqali oʻtadigan suv oqimi bilan taqsimlanadi. Ular, asosan, yosh, oʻsayotgan aʼzolarga va shakllanayotgan mevalarga tomon yoʻnaladi. Pastki barglar qarigan sari Mineral oziqlanish elementlari (Sa va V dan tashqari) ulardan oʻsayotgan organlarga oqib oʻtadi va qayta foydalaniladi. Oʻsimliklar uchun makro- va mikroelementlarning hammasi bir xilda zarur (elementlarni almashtirib boʻlmaslik qonuni). Ammo, koʻpincha, tuproqda N, R va K yetishmaydi. Shuning uchun ular oʻgʻitlar shaklida beriladi. Ammo barcha ekinlar va navlar uchun №R:Kning oʻrtacha nisbati bir-biriga yaqin va 73:5:32 at. % ga teng. Mineral oziqlanishning fizologik ahamiyatini, elementlarning harakati va soʻrilishini bilish oʻgʻitlardan toʻgʻri foydalanish uchun zarur boʻladi. Oʻgʻitlar yordamida Mineral oziqlanishni tartibga solish qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirishning asosiy yoʻlidir. Mineral oziqlanish fotosintez bilan birgalikda oʻsimliklarning yagona oziqlanish jarayonini tashkil etadi;2) hayvonlar organizmida ratsiondagi mineral moddalarning hazm boʻlishi va qonga soʻrilib, toʻqima va hujayralarda sarflanishi. Mineral moddalar organizmdagi jami fiziologik jarayonlarda ishtirok etadi. Hayvonlar isteʼmol qilgan ozuqalar va mineral qoʻshimchalar tarkibidagi mineral tuzlar oshqozonichak tizimidan qonga suvda erigan holda soʻriladi. Ular organizmda, garchan energiya bermasada, juda muhim funksiyalarni bajaradi. Ortiqcha isteʼmol qilingan baʼzi mineral moddalar toʻqima va hujayralarda zaxira holida saqlanadi. Mac, kalsiy va fosfor tuzlari suyaklarda, natriy va xlor terida, temir jigarda zaxira holida toʻplanadi. Mineral elementlar toʻqima, hujayra, fer-mentlar, gormonlar va vitaminlar tarkibiga kirib, organizmda roʻy beradigan modda almashinuvi jarayonini boshqarishda qatnashadilar. Organizmda uchraydigan erkin tuzlarning ionlari qonning osmotik bosimini meʼyorida saqlab turishda, ishqoriy va kislotali muhit muvozanatini saqlashda ishtirok etadi. Bulardan tashqari, nerv sistemasining faoliyati, qon ivishi jarayoni, yurak muskullarining ritmik ishlashi, soʻrilish, gaz almashinuv jarayoni, sekretsiya va chikaruv organlarining meʼyordagi faoliyatida ham mineral moddalarning hissasi kattadir. Hayvonlar toʻqimalari yoqilganda hosil boʻlgan kulning 99,6% ni makroelementlar, 0,4%ni mikroelementlar tashkil qiladi. Organizmdagi barcha mineral moddalarning 65— 70% kalsiy va fosfordan iborat.

Kalsiy hayvonlar tanasida gʻoyat koʻp. Uning 99% suyak, tish va shoxlar tarkibida uchraydi. Bu element suyak tizimining takomillashuvida, laktatsiyaning bir meʼyorda kechuvida, qon ivishi jarayonida faol ishtirok etadi. Ratsionda qisqa vaqt mobaynida kalsiy yetishmasa organizm zaxiradagi kalsiyni ishlatadi. Agar bu yetishmovchilik uzoq vaqt davom etea yosh mollarda raxit, katta yoshli mollarda esa suyaklarning kalsiysizlashuvidan osteomelyasiya kasalligi paydo boʻladi. Yangi tuqqan sigirlar qon zardobida kalsiyning kamayishi ayrim hollarda tugʻruq sholi kasalligiga sabab boʻladi. Raxit va osteomelyasiya kasalligi ratsionda fosfor yoki D vitaminining yetishmasligidan ham kelib chiqishi mumkin.

Fosfor hayvonlar uchun zarurligi boʻyicha kalsiydan keyingi oʻrinda turadi va u kalsiy bilan birgalikda suyakning tarkibiga kiradi. Fosfor fosfoproteinlar, fosfolipidlar, nuklein kislotalari tarkibida uchrab, organizmda kechadigan muhim biologik jarayonlarda — geksafosfatlar, ADF, ATF sintezida qatnashadi. Fosfor yetishmaganda hayvonlarda ayrim kasalliklar roʻy beradi. Bu holat surunkali boʻlsa hayvonlarda boʻgʻinlarning bukilmay qolishi, mushaklar zaiflashishi yuz beradi. Fosforning kon zardobidagi konsentratsiyasi qoramollarda 4–12 mg % boʻladi. Organizmda kalsiyning fosforga boʻlgan nisbati ham katta ahamiyatga ega boʻlib, u 2:1 dan 1,2:1 gacha boʻlishi mumkin. Kaliy va natriy nerv sistemasi, yurak va qon tomirlarining meʼyorida ishlashini, kaliy ionlari esa eritrotsitlar ichidagi rN muvozanatini taʼminlaydi.

Temir va mis eritrotsitlar va boshqa hujayralar (gemoglobin sitroxrom oqsili) tarkibida uchrab, kon orkali toʻqima va hujayralarni O2 bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Yod qalqonsimon bezining tiroksin gormoni tarkibiga, oltingugurt va rux meʼda bezi gormon i tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, rux barcha toʻqimalar tarkibiga kirib, yosh mollarning oʻsishi va jinsiy bezlarning meʼyorida faoliyati uchun juda zarur. Kobalt barcha toʻqima va organlar tarkibiga kiradi va, ayniqsa, ichki sekretsiya bezlari tarkibida kup uchrab, modda almashinuvi jarayonini boshqarishda faol qatnashadi. Ozuqada kobaltning yetishmasligi kavsh qaytaruvchi hayvonlar meʼda oldi boʻlimlarida V12 vitaminining sintezlanishini pasaytiradi. Marganets organizmda juda kam uchraydi, lekin u jigar, buyrak, suyak, oshqozon osti bezi va gipofiz tarkibiga kiradi. Bu element oqsil, yogʻ va uglevodlarni parchalaydigan fermentlarning faollashuvida ishtirok etadi.

Hayvonlarning mineral moddalar bilan yetarli miqdorda taʼminlanganligini tekshirish uchun balans tajribalari oʻtkaziladi. Bunda isteʼmol qilingan ozuqa va ichimlik suvi tarkibidagi mineral moddalar miqdori bilan tezak, siydik va sut orqali tashqariga ajratilgan mineral tuzlar miqdori solishtiriladi. Qisman mineral moddalar jun, teri epidermasi va ter bilan ham ajratiladi. Koʻpincha ratsiondagi kalsiyning fosforga va kaliyning natriyga boʻlgan nisbati nazorat qilinadi. Mineral moddalar balansi manfiy boʻlsa, hayvonlar mineral moddalar yetishmasligidan turli kasalliklarga chalinishi mumkin. Hayvonlarda organizmdagi mineral moddalarning yetishmasligi mineral ozuqalar berish yoʻli bilan qoplanadi.

  • Imomaliyev A., ZikiryoyevA., Oʻsimliklar biokimyosi, T., 1987.

Abdukarim Zikiryoyev, Ruzimat Hamroqulov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil