Mimoza
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mimoza (Mimosa) — burchoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Qoʻsh patsimon murakkab bargli va mayda gulli (toʻpguli kallak yoki boshoqsimon) oʻt, liana, buta va daraxtlardan iborat. Mevasi yupqa pardali yoki etli dukkak. Pishganida, odatda, boʻlaklanib ketadi. Tropikada, asosan, Amerikada, 450—500 turi bor. Koʻpincha, gulzorlarda "uyatchang" M. oʻstiriladi. Uyatchan M. barglari kechasi yoki unga qoʻl tegishi bilan juftjuft boʻlib yumilib, bir ozdan soʻng yana ochiladi (nomi shundan olingan).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |