Miltiq
Miltiq — oʻq otish quroli. Ov va harbiy ishda qoʻllanadi. Dastlabki Miltiq 12-asrda arablarda paydo boʻlgan. Miltiq yogʻoch dastaga mahkamlangan stvol (quvur)dan tuzilgan. Qadimgi Miltiqlar pilta bilan oʻt oldirilgan (shuning uchun oʻzbeklar orasida "pilta miltiq" deb atalgan). 14-asrda Yevropada silliq stvolli Miltiqlar ishlab chiqarilgan. 16-asr birinchi yarmida Ispaniyada mushket deb ataluvchi birmuncha tez oʻqlanadigan Miltiq ishlab chiqarildi. 17—18-asrlarga kelib oʻyiq stvolli Miltiq yaratilgan. 19-asrda tepki, piston va metall patronning ixtiro qilinishi Miltiqni oʻqlash tezligini birmuncha oshirdi. 1868-yildan boshlab Rossiyada patron gilzasini mexanik ravishda chikarib tashlaydigan zatvorli Miltiq qoʻllandi (qarang Berdanka). 19-asrning 2-yarmida magazin ixtiro qilingach, Miltiqni oʻqlash tezligi ancha oshdi. 1891-yil rus qurolsozi S. I. Mosin yaratgan Miltiq na-munasi Birinchi jahon urushi, Rossiyada fuqarolar urushi davrida keng qoʻllandi. 1930-yil mazkur Miltiq baʼzi oʻzgarishlar bilan qayta ishlab chiqarildi va 7,62 mm li Miltiq degan nom oldi. Bu Miltiq magaziniga 5 patron joylangani uchun u oʻzbeklar orasida "beshotar" deb atalgan. Uning otish tezligi minutiga 10—12-marta, moʻljalga olish va otish masofasi 2000 m; aniq otish masofasi 400 m gacha; ogʻirligi 4 kg (nayzasi bilan 4,5 kg). Optik pritsel oʻrnatilganda 800 m gacha masofadagi nishonni bexato urishi mumkin. Hozir Miltiqlardan, asosan, ov qilishda foydalaniladi (yana qarang Karabin, Pistolet-pulemyot).[1]
Miltiq — o'q otish quroli. Ov va harbiy ishda qoʻllanadi. Dastlabki miltiq 12 asrda arablarda paydo boʻlgan. Miltiq yog'och dastaga mahkamlangan stvol (quvur)dan tuzilgan. Qadimgi miltiqlar pilta bilan o't oldirilgan (shuning uchun oʻzbeklar orasida «pilta miltiq» deb ataladi). 14 asrda Yevropada silliq stvolli miltiq ishlab chiqarilgan. 16 asr birinchi yarmida Ispaniyada mushket deb nomlangan birmuncha tez o'qlanadigan miltiq ishlab chiqarildi. 17-18 asrlarga kelib o'yiq stvolli miltiq yaratilgan. 19-asrda tepki, piston va metall patronning ixtiro qilinishi miltiqni o'qlash tezligini birmuncha oshirdi. 1868-yildan boshlab Rossiyada patron gilzasini mexanik ravishda chiqarib tashlaydigan zatvorli miltiq ishlab chiqarila boshlangan. Hozir miltiqlardan, asosan, ov qilishda foydalaniladi.
Shuningdek, qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |