Kontent qismiga oʻtish

Milliy ittihod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"MILLIY ITTIHOD", „Ittihodi taraqqiy“ — Turkiston jadidlari tomonidan tashkil etilgan yashirin tashkilot (1920—1925) Munavvarqori va Sadriddinxon Sharifxoʻjayev tashabbusi bilan Toshkentda tuzilgan. „Turk adam markaziyat (federalistlar) firqasi“ (1917-yil, iyul) „Ittihod va taraqqiy“ („Ittihodi taraqqiy“, 1917— 20) yashirin tashkilotlari asosida tashkil topgan. „Milliy ittihod“ bolsheviklar rejimiga qarshi kurashda sovet muassasalarida xizmat qilayotgan milliy rahbar xodimlarga tayangan va oʻz oldiga Turkistonda milliy mustaqil davlatni barpo etishni bosh maqsad qilib qoʻydi.

„Milliy ittihod“ning oʻzagini oʻz Vatanining mustaqil boʻlishi yoʻlida kurashga tayyor boʻlgan taraqqiyparvar ziyolilar tashkil etdilar.

"M. i " tashkiloti faoliyatida Munavvarqoridan tashqari, T. Jonuzoqov, Ashurali Zohiriy, U. Asadullahoʻjayev, Sayd Ahroriy, S. Sharifxoʻjayev, Salimxon Tillaxonov va boshqa muhim rol oʻynashdi. 1920-yildan boshlab tashkilotning Toshkent, Fargʻona, Samarqand, Buxoro va Xorazm shoʻʼbalari tashkil qilindi. 1920-yil noyabrda Munavvarkrrining Buxoroga borishi va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Maorif nozirligida vaqf boʻlimi mudiri vazifasida ishlashi bilan tashkilot markazi Toshkentdan Buxoroga koʻchdi. Buxoroda 5 kishidan iborat Markaziy Qoʻmita tashkil qilinib, unga Saʼdullaxoʻja Tursunxoʻjayev, Abduqodir Qush-begiyev va boshqa kiritiladi. Tashkilot qayta tuzilib, uning yangi dasturi va nizomi ishlab chiqiladi, muxri tasdiqlanadi. Munavvarkrri Toshkentda GPU tomonidan qamoqqa olingach (1921-yil 30-mart — 1 dek.), maʼlum muddat tashkilot faoliyatida qatnashmadi. Yosh buxoroliklar firqasining sobiq aʼzolari (Fitrat, Otaulla Xoʻjayev, Mukammil Burxonov, A. Muhiddinov, Usmon Xoʻja, Muinjon Aminov, Porso Xoʻjayev va boshqalar) „Milliy ittihod“ tashkiloti faoliyatida ishtirok qildilar. Validiyning Buxoroga kelishi va Turkiston milliy birligi tashkiloti tuzilishi bilan (1921-yil avgust) „Milliy ittihod“ faoliyati yanada kuchaydi. Keyinchalik Choʻlpon, S. Mirjalilov, O. Maxmudov, Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov, Bekjon Rahmonov ham tashkilot faoliyatiga yaqindan yordam berdilar.

„Milliy ittihod“ tashkilotining shu vaqtdagi asosiy maqsadi Buxoro respublikasi, umuman, Turkiston mintaqasini sovetlashtirish va ruslashtirish taʼsiridan saqlab qolish, yurt mustaqilligiga erishish edi.

„Milliy ittihod“ tashkiloti aʼzolari mavjud tuzumga qarshi qurolli harakat rahbarlari bilan aloqa oʻrnatib, Rahmonqul qoʻrboshi huzuriga S. Sharifxoʻjayev, Usmonxoʻja Toʻxtaxoʻjayev va Tangriqulxoji Maqsudiylarni gʻoyaviy mafkurachilar sifatida yubordi (1921-yil mart). Keyinchalik S. Sharifxoʻjayev qisqa muddat qamoqda boʻlgach, Salim Posho bilan birgalikda avval Afgʻoniston, soʻnfa Eronga oʻtib ketdi (1923-yil iyul).

Oʻrta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish oʻtkazilishi arafasida — 1924-yil oxirlarida tashkilot markazi qayta Toshkentga koʻchadi. Viloyat shoʻʼbalari yangi xodimlar bilan kengaytiriladi. Oʻzbekiston SSR tashkil topgach, GPU tomonidan har tomonlama siquv ostiga olingan „Milliy ittihod“ 1925-yil boshlarida oʻzini tarqatilgan, deb eʼlon qiladi va keyinchalik uning asosida „Milliy istiklol“ tashkiloti tuziladi. Bu yashirin tashkilot 1926—1929-yillarda mavjudboʻlib, uning faoliyatida S. Tillaxonov muhim rol oʻynaydi. Keyinchalik buxorolik va fargʻonalik milliy ittihodchilar ham bu tashkilotga kelib qoʻshilganlar. „Milliy istiklol“ tashkiloti nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun Oʻrta Osiyoda demokratik respublika tamoyillariga asoslangan tuzum oʻrnatishni oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishi, deb hisobladi. Biroq sovet davlati mustahkamlana boshlanishi bilan tashkilot oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻldi. 1929-yil noyabrda Toshkentda Munavvarkrri boshchiligidagi 38 kishi (keyinchalik ularning soni 87 kishiga yetdi) bu tashkilotning aʼzosi sifatida qamoqqa olindi. Ter-gov jarayoni keyinchalik Toshkentdan Moskvaga koʻchirildi va ular qatagʻon qilindi (yana q. "Oʻzbekiston Respublikasi" maxsus jildining Tarix boʻlimi).

  • Munavvar qori Abdurashidxonov, Tanlangan asarlar, T., 2003; Vali d i y, Boʻlinganni boʻri yer. Turkiston xalqlarining milliy mustaqillik uchun kurashi tarixidan [Xotiralar] T., 1997; Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash, T., 1999; Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.

Naim Karimov, Qahramon Rajabov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil