Miken
Qiyofa
Miken, Mikeni — Argolida (Jan. Gretsiya)dagi qad. shahar. Egey madaniyatining yirik markazi. Miloddan avvalgi 3ming yillikda manzilgoh. 17-asrdan axeylar davlatlaridan birining poytaxti. Ravnaq topgan davri miloddan avvalgi 1400—1200-yillarga toʻgʻri keladi. Miloddan avvalgi 1200-yilda yongʻindan harobaga aylangan. Qazishmalar (1876-yildan) natijasida saroy, daxmalar, ulkan devorlar, hunarmandlar uylari va boshqa ochilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |