Kontent qismiga oʻtish

Mikel de Epalza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mikel de Epalza Ferrer (1938 — 2008-yil 6-dekabr) ispaniyalik akademik, arab va islomshunoslik boʻyicha mutaxassis.

Mikel de Epalza 1938-yilda Fransiyaning Pau shahrida tugʻilgan boʻlib, Mudéjars (musulmonlarga oʻrta asrlardagi Pireney yarim orolida nasroniy hududlarida qolishiga ruxsat berilgan) va moriskos (oʻsha davrda islomdan nasroniylikka oʻtganlar) boʻyicha mutaxassis edi. Mikel de Epalza Oʻrta yer dengizi boʻyidagi Yevropa va Shimoliy Afrika davlatlari oʻrtasida yaxshi munosabatlar oʻrnatilishiga harakat qilgan[1]. Akademik bundan avval iyezuitlardan boʻlib, Jazoir va Tunisda faoliyat yuritgan[2].

Mikel de Eoalza Alikante universitetining arab va islomshunoslik boʻyicha professori sifatida ishlagan. 2001-yilda Qur’onning katalon tiliga L’Alcorà deb nomlangan tarjima asarini yakuniga yetkazgan. Ushbu kitob Barselona shahrida maxsus mukofotga sazovor boʻlgan[3] boʻlsa, keyinchalik ellinist Carlos Garsiya Gual bilan birga ishlangan namunasi 2002-yilgi tarjima boʻyicha Milliy mukofotga sazovor boʻlgan[4].

Mikel de Epalza oʻzi faoliyat yuritadigan universitet boʻlimidagi hamkasbi María Jesús Rubiera Mata bilan turmush qurgan[2]. 2008-yilning may oyida sodir boʻlgan ogʻir yoʻl-transport hodisasidan bir necha oy oʻtib, 70 yoshida vafot etgan[1][2].

  1. 1,0 1,1 Moltó, Ezequiel. „Mikel de Epalza, arabista, tradujo el Corán al catalán“ (Spanish). El País (2008-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 Vidal-Folch, Ignacio. „Un recuerdo de Mikel de Epalza“ (Spanish). El Mundo (2017-yil 18-iyun). Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.
  3. Moltó, Ezequiel. „Premio Ciutat de Barcelona para Epalza por 'El Corán' en catalán“ (Spanish). El País (2002-yil 6-fevral). Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.
  4. Moltó, Ezequiel. „Carlos García Gual y Mikel de Epalza, premios nacionales de traducción“ (Spanish). El País (2002-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.