Kontent qismiga oʻtish

Michael Bloomberg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Michael Bloomberg
Michael Rubens Bloomberg
Tavalludi 14-fevral 1942-yil (1942-02-14) (82 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Partiyasi Demokratlar (2001-yilgacha)
Respublikachilar (2001-2007)
Bolalari Georgina, Emma
Otasi William Bloomberg
Onasi Charlotte Bloomberg
Imzosi

Maykl Rubens Bloomberg (1942-yil 14-fevralda tugʻilgan) – amerikalik biznesmen, siyosatchi, xayriyachi va yozuvchi. Bloomberg LP kompaniyasining egasi va hammuassisi boʻlib, 2014-yildan 2023-yilgacha uning bosh direktori boʻlgan[1]. 2002-yildan 2013-yilgacha uch muddat Nyu-York shahri meri boʻlib ishlagan va 2020-yilda Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod boʻlgan. 2022-yil iyun oyidan buyon AQSh Mudofaa vazirligiga sunʼiy intellekt, dasturiy taʼminot, maʼlumotlar va raqamli modernizatsiya boʻyicha tavsiyalar beruvchi mustaqil maslahat kengashi – Mudofaa innovatsiyalari kengashi raisi boʻlib ishlaydi[2][3][4][5].

Bloomberg Massachusets shtatining Medford shahrida oʻsgan. Jons Xopkins universiteti va Garvard biznes maktabini tamomlagan. Oʻz faoliyatini 1981-yilda oʻz kompaniyasini tashkil etishdan oldin Salomon Brothers qimmatli qogʻozlar brokerlik firmasida boshlagan. Bloomberg LP kompaniyasi oʻzining Bloomberg terminali bilan mashhur boʻlgan moliyaviy axborot, dasturiy taʼminot va media shirkatidir[3][6]. Bloomberg keyingi yigirma yilni uning raisi va bosh direktori sifatida oʻtkazdi. 2023-yil aprel holatiga koʻra Forbes uni 94,5 milliard AQSh dollari miqdoridagi boyligi bilan dunyoning yettinchi eng boy odami deb topdi[7]. Bloomberg The Giving Pledge imzolanganidan beri xayriya maqsadlarida 8,2 milliard dollar berdi[8].

Bloomberg 2001-yilda Nyu-York shahrining meri etib saylangan. U 2005 va 2009-yillardagi qayta saylovlarda gʻalaba qozonib, ketma-ket uch muddat bu lavozimni egalladi. Ijtimoiy liberal va fiskal jihatdan moʻtadil siyosat olib borgan Bloomberg texnokratik boshqaruv uslubini ishlab chiqdi[9].

Nyu-York meri sifatida Bloomberg davlat maktablarini ochdi, shahar infratuzilmasini qayta qurdi va ichki nazorat, sogʻliqni saqlash tashabbuslari, atrof-muhitni muhofaza qilishni qoʻllab-quvvatladi. 11-sentyabr hujumlaridan keyin yirik savdo va turar-joy qurilishini osonlashtirgan qayta rejalashtirishga rahbarlik qildi. Bloomberg Nyu-York meri sifatidagi uch muddat davomida siyosat, biznes sektori va madaniyatiga katta taʼsir koʻrsatgan deb hisoblanadi[10].

2014-yil oxiriga kelib Bloomberg LP bosh direktori lavozimini qayta egalladi. 2019-yil noyabr oyida Bloomberg 2020-yilgi saylovlarda Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod boʻlish uchun oʻz kampaniyasini rasman boshladi. Bloomberg oʻz nomzodi uchun 935 million dollar sarfladi, bu esa AQSh tarixidagi eng qimmat prezidentlik kampaniyasi edi[11].

  1. Mullin, Benjamin. „Bloomberg L.P., a Financial Data Giant, Overhauls Its Leadership Ranks“. The New York Times (2023-yil 21-avgust). Qaraldi: 2023-yil 24-oktyabr.
  2. The 400 Richest Americans: #8 Michael Bloomberg – Forbes.com
  3. 3,0 3,1 At $235 Million, Bloomberg Was Biggest Giver in U. S. (ingl.)
  4. Билл Гейтс опять богаче всех, 2013-12-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-06
  5. Web Page Under Construction
  6. City Plans to Retrain, and Retain, Laid-Off Wall Streeters
  7. „#20 Michael Bloomberg“. Forbes. Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.
  8. IT-korporatsii: istoriya Bloomberg
  9. Cooper, Michael. „Political Memo; Bloomberg, the Technocrat, Seeks His Inner La Guardia“. The New York Times (2003-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-fevral.
  10. „Bloomberg apologizes for 'stop-and-frisk' police practice“ (en). NBC News (2019-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-iyul.
  11. „Form 3P for Mike Bloomberg 2020, Inc.“. docquery.fec.gov. Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.