Kontent qismiga oʻtish

Metsso-soprano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Metsso-soprano (ital. — mezzo — oʻrta va soprano) — ayollarning soprano va kontralto orasidagi ovozi. Diapazoni kichik oktava "lya", "si" tovushidan ikkinchi oktava "si"gacha (a-h — h2). M.-s. ovozlari oʻrta registrdagi tovushlarning toʻlaqonliligi, yuqori pardalarining oʻtkirligi, pastki, "koʻkrak" registr mavjudligi bilan soprano ovozdan ajralib turadi. M.-s. ovozi uchun yozilgan mashhur opera partiyalari: Amneris (J. Verdi, "Aida"), Karmen (J. Vize, "Karmen"), Lyubasha (N. Rimskiy-Korsakov, "Podshoning kelini"), Dalila (K. Sen-Sane, "Samson va Dalila") va boshqa R. Gorr (Belgiya), A. Myurrey (Irlandiya), M. Gay (Ispaniya), S. Siminioto (Italiya), I. Arxipova, N. Terentyeva (Rossiya), K. Txorborg (Shvetsiya)lar Metsso-soprano ovozi bilan mashhur. Oʻzbekistonda Maysara (S. Yudakov, "Maysaraning ishi"), Halima (H. Rahimov, "Zafar") kabi M.-s.ga moʻljallangan bosh opera partiyalarni H. Nosirova katta mahorat bilan talqin etgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil