Metodik pech
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Metodik pech — metall zagotovkani bolgʻalab, prokatlab yoki shtamplab ishlov berishdan oldin qizdirish uchun moʻljallangan pech. Unda metall zagotovkalar uzluksiz harakatlanib turadi, ularni muayyan rejimda asta-sekin (metodik tarzda) qizdirib boriladi. Metodik pechda metodik zona; payvandlash va tindirish zonalari boʻladi. Metodik zonada zagotovka dastlabki qizdirish jarayonidan oʻtadi, payvandlash zonasida bir nechta birin-ketin joylashgan zonachalar boʻlib, ularda zagotovka asta-sekin qizdirib boriladi, tindirish zonasida haligi qizigan zagotovka muayyan muddat ushlab turilib temperaturasi tenglashtiriladi, yaʼni tindiriladi. Metodik pechda zagotovka yonish mahsulotlari oqimiga qaramaqarshi harakatlanadi.
Metodik pech tuzilishi jihatdan har xil, lekin ish tartibi boʻyicha bir xil buladi. Unda gazsimon yoki suyuq yoqilgʻi yoqiladi. Katta Metodik pechlar ish qismining uz. 50 m gacha, eni 13 m gacha, ish unumdorligi 400 t/soat dan ortiq boʻlishi mumkin. Metodik pech deyarli barcha yirik mashinasoxchik zavodlarida qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |