Meteorologik elementlar
Meteorologik elementlar — atmosferaning maʼlum bir vaqtdagi holatini, undagi jarayonlarni ifodalovchi umumiy parametrlar. Meteorologik elementlar, asosan, havo temperaturasi, bosimi, namligi, shamol kuchi va yoʻnalishi, bulut, yogʻin turi va miqdori, tuman, tiniqlik, suv va tuproq temperaturasi, Quyosh radiatsiyasi, Yer va atmosferaning issiklik nurlanishi, qor qatlami va hokazodan iborat. Shuningdek, Meteorologik elementlarga obhavoda sodir boʻladigan turli hodisalar — momoqaldiroq, qor va qum boʻronlari ham kiradi. Meteorologik elementlar asosida atmosferada sodir boʻlayotgan jarayonlar haqida batafsil maʼlumotlar olish mumkin. Meteorologik elementlardan obhavoni oldindan aytishda, iqlim normalarini hisoblashda va boshqa ilmiy tadqiqot ishlarida keng foydalaniladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |