Kontent qismiga oʻtish

Metanefridiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Metanefridiylar (yun. Meta -oraliq, keyin, orqali va nefridiy) — umurtqasiz hayvonlar, asosan, halqali chuvalchanglarning metamer joylashgan juft ayirish organi (qarang Metameriya). Ektodermadan yoki mezodermal nefroblastlardan rivojlanadi. M. naysimon organlar boʻlib, voronkaga oʻxshab kengaygan kiprikli qismi (ne-frostom) ikkilamchi tana boʻshligʻi (selom)ga, keyingi ingichkalashgan qismi tananing navbatdagi boʻgʻimiga oʻtib, teri sirtiga ochiladi. Nefridiy nayi uzun va ilmoqqa oʻxshash buralgan boʻlishi mumkin. Nefrostom orqali M. nayiga selom suyukushgi, yaʼni birlamchi siydik oʻtadi. Bu su-yuklik kipriklar harakati tufayli M. nayiga haydaladi. Reabsorbsiya tufayli birlamchi siydikdan organik moddalar va tuzlar qonga qayta soʻriladi va haqiqiy siydik hosil boʻladi. Dengizlarda hayot kechiradigan stenogalin (shoʻrlanish nisbatan doimiy boʻlgan) hayvonlarda M. naychalari nisbatan qisqargan boʻladi (yana q. Protonefridiylar.).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil