Metamorfogen konlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Metamorfogen konlar - togʻ jinslari metamorfizmi jarayonida yuqori bosim va temperatura sharoitida Yer poʻstining chuqur qismida hosil boʻlgan foydali qazilma konlari. Metamorfogen konlar metomorfozlashgan va metamorfik konlar guruhlariga boʻlinadi. Metamorfogen konlarning mineral tarkibi ruda saklovchi jinslarning metamorfik fatsiyalariga xos. Metamorfogen konlar oʻzining paydo boʻlgan davridagi koʻrinishini butunlay oʻzgartirib, boshqa turdagi foydali qazilmaga aylanadi. Mas, torf metamorfik jarayon taʼsirida past navli toshkoʻmir va antra-sitga, oxirida esa grafit va olmosga, ohaktosh marmarga, gilli slanetslarga, boksitlar va boshqa xil tuprokli togʻ jinslari oʻtga chidamli xom ashyoga, qimmatbaho toshlar (korund, laʼl, diaspor, pirofilit, sillimanit, kianit)ga aylanadi.
Metamorfogen konlarni urganish natijasida olmos, laʼl, zumrad, billur va boshqa qimmatbaho toshlar konini topish imkoni yaratildi. Oʻzbekistonda Gʻozgʻon marmar koni, Toshqazigan grafit koni, Angren, Shargʻun kumir konlari, Sharaqsoy korund koni Metamorfogen konlar jumlasiga kiradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |