Kontent qismiga oʻtish

Metallarni ishlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Metallarni ishlash - metallar va qotishmalarga issiqlik (termik), mexanik, kimyoviy ishlov berishda bajariladigan ishlar majmui. Metallarni termik ishlash — metall va qotishmalarning xossalarini (ichki tuzilishini) oʻzgartirish uchun qoʻllanadigan amallar: yumshatish, toblash, normallash, boʻshatish, yaxshilash, chiniqtirish, kimyoviytermik ishlash, passivlash. Yumshatish — metallarni maʼlum temperaturagacha qizdirib, shu temperaturada maʼlum vaqt tutib turgach, asta-sekin, baʼzan, pech bilan birga sovitish; bunda metallarning xossalari oʻzgaradi. Natijada metallarning bol-gʻalanuvchanligi va plastikligi oshadi, magnitlanish va boshqa xususiyatlari yaxshilanadi. Toblash — metallarni maʼlum temperaturagacha qizdirib, tez sovitish; bunda metallarning bir xil boʻlmagan struktura holatlari mustahkamlanadi, metallarning xususiyati turlicha oʻzgaradi. Normallash — kam (0,3% gacha) va oʻrtacha (0,3—0,6%) uglerodli poʻlatni, taxminan, 800—950° gacha qizdirib, havoda sovitish; bunda poʻlat tarkibidagi yirik donachalar kichrayadi, poʻlatning mustahkamligi, plastikligi va qovushqoqligi oshadi. Yaxshilash — termik ishlashning bir turi; 550—650° temperaturada toblash va boʻshatishdan iborat. Dinamik nagruzka ostida ishlaydigan mashina detallari uchun qoʻllanadi. Chiniqtirish — metall va qotishmalarni xona temperaturasida koʻp vaqt saqlab (tabiiy chiniqtirish) yoki kizdirib (sunʼiy chiniktirish) ularning strukturasi va xususi-yatlarini oʻzgartirish. Qattiqligi, mustahkamligi, magnit va boshqa xossalarini yaxshilash. Metallarni kimyoviytermik ishlash — metallarni kimyoviy faol gaz, qattiq yoki suyuq muhitda yuqori temperaturada qizdirish va shu temperaturada bir oz sovitish. Bunda metall buyumlar sirtqi qatlamlarining kimyoviy tarkibi, strukturasi va xususiyati oʻzgaradi. Bunga azotlash, xromlash, metallash va boshqalar kiradi.

Metallarni mexanik ishlash — qirindi olish yoʻli bilan detallarga turli shakl va oʻlcham berish. Metall kesish asboblari (keskich, parma, zenker, razvyortka, freza va boshqalar) va metall kesish stanoklari (tokarlik stanoklari, silliqlash stanogi, randalash stanogi va boshqalar) da bajariladi. Metallarni bosim bilan ishlash — metall zagotovka va buyumlarni qirindi olmay tayyorlash. Metallarning plastikligidan foydalanishga asoslangan. Asosiy turlari: prokatlash — metallni aylanuvchi silindr (joʻva) lar orasidan oʻtkazish (rayem, a); choʻzish — metall zagotovkani oʻz oʻlchamidan kichik oʻlchamli teshikdan tortib oʻtkazish (rayem, b); presslash — metallni berk silindr teshigidan siqib chiqarish (rayem, v); bolgʻalash — metallarni bolgʻa yoki press bilan koʻp marta va dambadam urib, zarur shakl va oʻlchamga keltirish (rayem, g); list shtamplash — list, lenta yoki polosa metallni qalinligiga uncha xalal yetkazmay deformatsiyalash (rayem, d); bunda metall puanson va matritsaning ish qismiga mos shaklni oladi. Hajmiy shtamplash — metall (zagotovka) ning barcha oʻlchamlarini oʻzgartirib deformatsiyalash (rayem, ye); bunda metall maxsus asbob (shtamp) boʻshligʻi shaklini oladi. Eritmalar metall sirtida uni korroziyadan saqlaydigan yupqa oksid parda hosil qiladi. Oksid parda metallni tashqi muhit taʼsiridan sakdaydi, uni koʻrkamlashtiradi. Metall hech qanday modda bilan reaksiyaga kirishmaydi. Temir, nikel, kobalt, xrom, marganets, alyuminiy va boshqa metallar "passivlanadi", yaʼni maxsus moddalar — oksidlovchilar (mas, xromatlar) bilan ishlanadi.

  • Mirboboyev V. A., Vasilyev G. P., Metallar texnologiyasi, T., 1971; Toʻraxonov A. S, Metallar texnologiyasi, T., 1974.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil