Kontent qismiga oʻtish

Metallar fizikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Metallar fizikasi - metall va krtishmalarning atom tuzilishi hamda fizik xossalarini oʻrganish bilan shu-gʻullanadigan fizika boʻlimi; qattiq jism fizikasinint tarkibiy qismi. 20-asrboshlarida nemis olimi P. Drude metallarning tuzilish modelini taklif qilib, bu model yordamida ularning elektr va issiqlik oʻtkazuvchanligini tushuntirdi. Shu modelga koʻra, metall atomlari oraligʻi "elektrongaz" bilan toʻlgan. X. Lorents bu nazariyani rivojlantirdi va unga gazlar kinetik nazariyasikya tatbiq qildi. Natijada metallar tuzilishiga oid Drude — Lorents nazariyasi yuzaga keldi.

Metallar fizikasi metallshunosliknint nazariy asosini tashkil qiladi, metallar, turli qotishmalar olishda hamda ularga mexaniktermik ishlov berish va ishlatish jarayonida paydo boʻladigan fizik jarayonlarni oʻrganadi. Bunda, ayniqsa, metallarning atom tuzilishi va kristall panjarasyani, shuningdek, elektronlar harakatini oʻrganish mu-himdir. Metallar fizikasi metall musbat ionlarini davriy (yoki kvazidavriy) elektrostatik maydonda harakatlanuvchi elektronlardan iborat, deb tushuntiradigan kvant nazariya boʻlimi; metall va krtishmalarning muvozanatlik sharti, ulardagi turli jarayonlar kinetikasi boʻlimi; turli sharoitda (nagruzka, temperatura, nurlanish taʼsirida) yangi materiallar yaratish, metall va krtishmalarning mustahkamligi hamda plastikligini oʻrganish boʻlimidan iborat.

[[Metallarning kvant nazariyasi da metallarning elektr, magnit, baʼzi hollarda mexanik tafeilotlari tax^il qilinadi. Bunda metallarning elektron tuzilishi rentgenoskopiya, galvanomagnetik tekshirish, termoelektr effektlar va boshqa usullar bilan oʻrganiladi.

Metall va qotishmalarning muvozanatlik shartlari (holat diagrammasini tuzish va sof metallar uchun faza oʻtish nuqtalarini aniqlash) termodinamika krnunlariga asoslanadi. Bunda yuqori (yuz ming atm gacha) bosimda fazalar muvozanati va fazalar oʻzgarishi kinetikasi oʻrganiladi. Rentgen spektral taxlili, elektron mikroskopiya va neytronografiya usullari Metallar fizikasining rivojlanishida, ayniqsa, yangi strukturali metall va qotishmalar olishda muhim ahamiyatga ega (yana q. [[Metallar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil