MetLife Stadium
The Meadowlands | |
---|---|
Joyi | East Rutherford, New Jersey |
Koordinatalari | 40°48′48.7″N 74°4′27.7″W / 40.813528°N 74.074361°W |
Qachon ochilgan | 2010-yil |
Egasi | MetLife Stadium Company |
Inshoot narxi | $1.6 milliard |
Meʼmor | 360 Architecture |
Hajmi | 82,500 |
Maydon egalari | |
New York Giants |
MetLife Stadium — Nyu-Jersi shtatining Sharqiy Ruterford shahridagi Meadowlands sport majmuasidagi stadion. 2010-yilda Giants Stadium oʻrnini bosish uchun ochilgan boʻlib, u Milliy Futbol Ligasining (NFL) Nyu-York Giants va Nyu-York Jets uchun uy stadioni boʻlib xizmat qiladi. Taxminan 1,6 milliard dollarga baholangan bu stadion qurib bitkazilgan paytda Qoʻshma Shtatlarda qurilgan eng qimmat stadion edi.[1]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Giants Stadium 30 yoshga yaqinlashganda, u NFLdagi eski stadionlardan biriga aylanib borardi. Gigantlarning foydalanuchilari boʻlgan Jets Manxettenda taklif qilingan West Side stadionini qurishni xohlashdi. Dastlab Nyu-Yorkning 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga daʼvogarlik qilish uchun 85 000 oʻrinli asosiy stadion boʻlishi moʻljallangan boʻlib, u Jets uchun 75 000 oʻringa qisqartirildi. Biroq, buning uchun katta davlat mablagʻlari kerak boʻlardi. 2005-yilda bir qator manbalar jumladan, Cablevisionning qarshiliklari tufayli loyiha toʻxtatildi.[2] Keyin Jets ikki Nyu-York jamoasi teng sherik boʻladigan yangi stadion qurish uchun Gigantlar bilan qoʻshma korxona tuzdilar.
Dizayni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arxitektorlarga har ikkala franchayzaning oʻziga xos xususiyatlarini oʻzida mujassam etgan neytral stadionni loyihalash vazifasi yuklatildi. Gigantlar ochiq poʻlatdan yasalgan ramka va zanglagan toshning anʼanaviy koʻrinishini afzal koʻrdilar, Jets esa metall va shisha bilan zamonaviy koʻrinishni xohladi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda dizaynerlar stadion dizayni uchun Manxettendagi koʻplab osmonoʻpar binolarda koʻrilgan ustun/minora dinamikasidan foydalanganlar.[3]
Mukofotlar va eʼtirof
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yilda MetLife stadioni atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA) tomonidan NFLdagi „Eng yashil stadion“ deb topildi.[4]
2017-yil iyul oyida MetLife stadioni Stadion biznes sammiti tomonidan „Yilning eng yaxshi joyi“ deb topildi. Mukofot dunyoning eng yaxshi stadioni, arenasi yoki sport maydonchasiga beriladi, u 12 oy davomidagi ajoyib oʻyin uchun eʼtirof sazovor boʻldi.[5]
2026 FIFA Jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Metlife stadioni 16 ta maydonchadan biri sifatida 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati vaqtida oʻyinlar oʻtkaziladigan Amerika maydonlaridan biri hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Esteban. „11 Most Expensive Stadiums In The World“. Total Pro Sports (27-oktabr 2011-yil). 2012-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2012-yil.
- ↑ „How the New York Jets Very Nearly Got a West Side Stadium“ (en). Curbed NY (2015-yil 30-yanvar).
- ↑ „New Meadowlands Stadium“. The Architects Newspaper (15-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 10-iyul 2017-yil.
- ↑ „SUSTAINABILITY“. metlifestadium.com. Qaraldi: 9-oktabr 2018-yil.
- ↑ „The Stadium Business Awards 2017“. The Stadium Business Summit (22-iyun 2017-yil). Qaraldi: 9-oktabr 2018-yil.