Menzula
Qiyofa
![]() | Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Menzula (lot. mensula — stolcha) — joyning topografiya plani va xaritasini grafik usulda olish uchun dala sharoitida qoʻllaniladigan chizmachilik stolchasi. M. toʻrtburchak shaklli taxtaplanshetdan, taglik hamda shtativ (3 oyoq)dan iborat (rayem). Azimut boʻyicha oriyentirlash uchun planshetni oyoq 3 ning vertikal oʻqi atrofida 360° ga burish mumkin. Planga olish natijasini birdaniga shartli belgilar bilan chizib tasvirlab borish uchun M. taxta planshetiga sifatli chizmachilik qogʻozi (vatman) mahkamlanadi. Unga kipregel yordamida joyning plani chiziladi. Bu plandan xarita (ayniqsa, harbiy xarita) tuzishda ham foydalaniladi. M. va kipregel bilan bajariladigan topografik sʼyomka menzula sʼyomkasi deyiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |