Meliboy Erboʻtayev
Meliboy Erboʻtayev | |
---|---|
Tavalludi |
1897-yil |
Vafoti |
1938-yil? Fargʻona viloyati |
Fuqaroligi | SSSR |
Faoliyat yillari | 1908—1936-yillar |
Meliboy Erboʻtayev (1987-yil tavallud topgan — 1938-yil hibsga olingan) — „Krasniy oktyabr“ nomli 2-yog‘ zavodida direktor o‘rinbosari. Behbudiy shahri, Qashqadaryo suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i. Quva MTS direktori.
Hayoti va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]M. Erboʻtayev 1987-yilda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri Naymancha dahasida ishchi-mashinist oilasida tavallud topgan. Oilasi 5 kishidan iborat bo‘lgan.
1938-yil oktyabr oyida SSSR Oliy harbiy sudi kollegiyasi sayyor sessiyasining Toshkentdagi yig‘ilishida Meliboy Erbo‘tayevga 12 yillik qamoq jazosi tayinlangan. Ammo manbalarda uning qayerda va qachon vafot etganligi haqida maʼlumotlar mavjud emas[1].
Maʼlumoti — quyi. 1929-1930-yillari Toshkent shahrida VKP(b) Markaziy Komiteti O‘rta Osiyo Byurosiga qarashli partiya sovet kursida tahsil olgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1925-yildan boshlab partiya aʼzosi hisoblangan. 1936-yil 17-iyunda to‘lg‘izgan xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqasida uning mehnat faoliyatlari haqida baʼzi bir maʼlumotlar keltirilgan. 1908-1912-yillari Qo‘qon shahridagi paxta zavodida slesar qoʻl ostida shogird boʻlib, 1912-1919-yillar oraligʻida esa oʻzi slesar sifatida xizmat qilgan. 1919-yil — 1923-yil shahardagi 1-son davlat tegirmonida faoliyatini davom ettirgan. Biroz muddatdan soʻng 1923—1924-yilda „Krasniy oktyabr“ nomidagi 2-yog‘ zavodida slesar, 1924—1925-yilga kelib esa ushbu zavodda qorovul boʻlib, 1925-yildan 1929-yilgacha aynan shu zavodning oʻzida direktor o‘rinbosari lavozimida ish olib borgan. 1930-yildan to 1931-yilning 1-iyul sanasigacha Quva MTS direktori lavozimida, keyinchalik 1931-yil 1-iyuldan 1933-yil 1-dekabrigacha Quva tumani partiya komitetining mas’ul kotibi boʻlib ishlagan. 1933—1936 yillarda Behbudiy shahrida Qashqadaryo suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan[2].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Zikrullayev. M. F. 1937-1938-yillardagi katta qirg'in tarixining muhim sananlari. Toshkent: "Fan" nashriyoti, 2013 — 34-bet. ISBN 978-9943-19-279-9.
- ↑ Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8.