Kontent qismiga oʻtish

Meliboy Boboniyozmatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Meliboy Boboniyozmatov
Tavalludi 1837-yil
Vafoti 1917-iyul
Rishton, Fargʻona viloyati, Turkiston general-gubernatorligi
Kasbi Kulol
Otasi Boboniyozmat usta

Meliboy Boboniyozmatov (1837-yil — Rishton — 1917-iyul) – rishtonlik kulol, kosagar usta.

Meliboy Boboniyozmatov 1837-yilda Rishtonda tugʻilgan. Kulollik hunarini otasi usta Boboniyozmatdan oʻrgangan. Rishton kulolligi uslubida ishlanadigan sopol idishlarning barcha turlarini yasash, naqshlash, pishirish jarayonini yaxshi bilgan. Rangbarang boʻyoqlarni qoʻllab xilma-xil yangi idishlar yasagani uchun ustalar orasida „chapdast usta“ nomini olgan. Rishtonlik kulollar orasida birinchi boʻlib Gʻijduvon kulolligida yangi tarqalgan „tagi siyoh“ („qora zaminlik“) uslubini mukammal oʻrgangan, shu uslubda tayyorlagan idishlaridan namunalar Toshkentdagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanadi. Meliboy Boboniyozmatov 1917-iyulda Rishtonda vafot etgan[1].

  1. „Meliboy Boboniyozmatov“ OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil