Kontent qismiga oʻtish

Melanotsitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Melanotsitlar (melano... va yun. cytus — bu yerda hujayra) — odam va umurtqali hayvonlarning pigment hujayralari, melaninni sintez qiladi (qarang Melaninlar). M. 2 xil boʻladi: 1) erkin M. (teri, tukli follikulalar, miya pardalari, koʻzning tomirli pardasi va hokazo) — nerv bolishlaridan paydo boʻlib, nerv naychalari yopilgan davrda rangeiz, harakatchan hujayralar — melanoblastlar holida gavdaning turli qismlariga tarqaladi; 2) epitelial M. (koʻz siliar burmalari, rangdor va toʻr pardasining pigmentli epiteliysi) — koʻzning birlamchi boshlangʻich hujayralaridan vujudga keladi. Albinoslarda M. rangeiz; ularda faol tirozinazalar yoʻkligi uchun melaninlar sintezlanmaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil