Kontent qismiga oʻtish

Me Before You

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
To seni uchratgunimcha
Fayl:Me Before You.jpg
Birinchi tahrir
Muallif(lar) Jojo Moyes
Mamlakat Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Janr(lar)i Romantik roman
Nashriyot Michael Joseph
Sahifalar soni 480
ISBN 0-71-815783-4
Keyingisi Sendan keyin, Men hamon o`shaman
To seni uchratgunimcha

"To seni uchratgunimcha" - Jojo Moyes tomonidan yozilgan romantik roman. Kitob birinchi marotaba 2012- yil 5 -yanvarda Buyuk Britaniyada nashr etilgan. "Sendan keyin" nomli davomchisi tarzida yaratilgan roman 24- sentabrda "Pamela Dorman Books" nashriyoti tomonidan chop etildi. [1] [2]Ikkinchi davomchisi, "Men hamon o'shaman" 2018- yil yanvar oyida nashr etilgan. [3]

Voqealar ketma-ketligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luiza va Uillning munosabatlari , Uillning nuqsonliligi uchun qayg'u va achchiqlanishiga ko'ra og'ir boshlanadi. Uill sobiq sevgilisi Alisiyaga uning eng yaqin do'sti Rupert uylanayotganini eshitgach, vaziyat yomonlashadi. Luizaning yordami ostida Uil o'zaro suhbatlashishga va o'z fikrini ochiqlashga harakat qiladi. Luiza Uillning jarohatlangan qo'llari borligini payqadi va keyinchalik uning onasi Kamilla o'g'lining Dignitasda hayotini tugatish haqidagi qarorini , bu o'z joniga qasd qilish holati Shvetsariyada tashkil etilganligi haqida Luisaga aytib berdi. . Uning harakatidan qo'rqib, Kamilla o'g'lining xohishini bajarishga va'da berdi, lekin,u yana olti oy yashashga rozi bo'lsa, vaqt o'tib, yashashga ishtiyoqi qaytishiga ishondi.

Luiza Uill va Kamillaning kelishuvini bilishini yashiradi. Biroq, u Trinaga aytadi va ular birgalikdagi o'lim istagini rad etishga Uillni ishontiradigan usullarni ishlab chiqadi. Keyingi bir necha hafta ichida Uill tinchlanadi va Luiza uni sayohatlarga olib chiqishni boshlaydi, natijada ikkalasi bir biriga yaqinlashadilar.

Ular tez-tez suhbatlashganda, Luiza Uill ko'p sayohat qilganini va uning eng yoqtirgan joyi Parijdagi kafega ekanligini o'rganadi. Hozir uning hayoti qanchalik cheklanganligini va o'zining kam maqsadli bo'lganini payqagan Luiza Uillni o'zgarishga undashga harakat qiladi.

Luiza 7 yillik sevgilisi Patrik bilan uchrashishni davom ettiradi, ammo ular oxir-oqibat Luizaning Uill bilan yaqin munosabatlari tufayli ajralib ketishadi. Shu bilan birga, Luizaning otasi ishdan mahrum bo'lib, moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi. Steven Traynor Clarkga lavozim taklif qildi. Luiza Uill oilasi bilan bo'lgan munosabatidan ozod bo'lishiga yordam bermoqchi ekanligini tushunadi. Ikkalasi Alicia va Rupertning to'yida raqs va ishqiy munosabat qilishadi. Uill Luizaga: ertalab uyg'onishiga yolg'iz sabab u ekanligini aytadi.

Luiza Uill bilan ta'tilga borishga rozi bo'ladi, biroq, ular ketishdan oldin Uill o'lat kasalligiga yaqin pnemoniyaga chalinadi. Luiza bu yuzdan sayohat qilish rejalarini bekor qildi. Buning o'rniga u Uillni Mauritius oroliga olib ketadi. Uyga qaytishdan oldingi kechada Luiza Uillga uni sevishini aytadi. U Uill bir narsani aytmoqchiday tuyuladi, lekin Luiza Dignitas bilan rejalarini bilishini tan oladi. Uill ular bilan birga o'tkazgan vaqt o'zgacha bo'lganini , ammo, u nogironlar aravachasida yashashga chiday olmasligini aytadi. U rejalarini amalga oshiradi. G'azablangan holda Louiza yo'lga chiqib, safarning qolgan qismida unga gapirmasdi. Uillning ota-onasi o'g'illarining uyga qaytganida, uning yaxshi jismoniy holatiga hayron qolishadi. Biroq,Luiza uning parvarishchisi bo'lishdan voz kechadi va ular Uill baribir hayotini tugatmoqchi ekanligini tushunishadi.

Uyga qaytgach, Luiza baxtsiz va u onasiga Uill haqida so'zlab berganida u g'azablanadi. Matbuot va jurnalistlar Patrick tomonidan xabar berilganidan keyin uyga kelishadi va oila alohida qoladi. Keyin Trinadan Kamilla Traynorning Luizani Shveytsariyaga kelishini so'rab bildirgan taklifi haqida xabar topadi. Luiza onasi ta'qiq qilishiga qaramay, uni qabul qiladi va Uillni ko'rish uchun uchib ketadi. Klinikada ular yana bir bor uchrashganida, so'nggi olti oylar hayotlaridagi eng yaxshi lahzalar bo'lganini tan olishdi. Uill kasalxonada vafot etadi va u Luizaga o'z ta'limini davom ettirishi uchun, shuningdek hayotiy tajribaga boy bo'lishi uchun katta meros qoldirganligi yuzga chiqadi. Roman Parijdagi kafeda Luizaning Uill unga qoldirgan maktubdagi "Yaxshi yasha" deb yozilgan so'nggi so'zlarini o'qishi bilan nihoyasiga yetadi.

  • Louisa Klark - 26 yoshli ijodkor, iqtidorli va quvnoq qiz, biroq o'zini past baholaydi va ko'p maqsadlarga ega emas. Uning hayoti shol odam uchun parvarish ko'rsatuvchi bo'lib ishlashni boshlaganida o'zgaradi. Vaqt o'tib, u o'z imkoniyatlaridan foydalanishni va cheklangan qulaylik zonasidan chiqishni o'rganadi.[4]
  • Uilyam (Will) Traynor - 35 yoshli kishi[5] mototsikl bilan to'qnashgandan keyin shol bo'lib qoldi. U aqlli va boy, ammo, uning nuqsonlari uni ruhiy tushkunlikka tushirib, g'azab va achchiqlanishga duchor qiladi. U bir vaqtlar bo'lganidek faol va sarguzashtli odam bo'lmasligini qabul qila olmaydi va o'z hayotini tugatishni xohlaydi.
  • Kamilla Traynor - Uillning onasi va uning o'g'li bilan munosabatlari qiyin. U qattiq va qatʼiy, lekin oʻgʻlining farovonligi haqida gʻamxoʻrlik qiladi.
  • Steven Traynor - Uillning otasi, ko'pincha o'z farzandining hayotida ishtirok etmagan; Kamilla Traynor uni ularning oilalarini yo'q qilganligi uchun ayblaydi. U Kamila bilan ajrashishni xohlaydi.
  • Katrina (Treena) Clark - Louisaning opasi, u ajrashgan o'g'li Tom bilan birga yashaydi. Trina gul do'konida ishlaydi va u har doim eng aqlli opa sifatida tan olinadi. Garchi opa-singillar doim raqobatdosh bo'lishgan bo'lsalarda, ular bir-birlariga yordam berishadi.
  • Patrik - Luizaning yoqtirgan yigiti va shaxsiy murabbiysi. U sport va dieta saqlash bilan band.
  • Nathan - Uillning do'sti va g'amxo'ri , shu bilan birga hamshirasi.
  • Bernard Klark - Luizaning otasi, ishdan bo'shatilishdan oldin mebel ustaligi bilan shug'ullanadi va oxir-oqibat qal'a uchun ta'mirlashda ishlaydi
  • Jozefina - Luizaning onasi, U vaqtini Trinaning o'g'li Tomasni tarbiyalashga va tozalik ishlariga sarflaydi.
  • Alisiya Dewar - Uillning sobiq sevgilisi, u hamkasbi Rupert bilan turmush quradi. U chiroyli va nozik, lekin, o'z hayotini yuqori jamiyat me'yorlariga muvofiq o'tkazadi.
  • Jorjina Traynor - Uillning o'lish istagi uchun ranjigan, Avstraliyada yashovchi va ishlayotgan singlisi.
  • Rupert Freshwell - Uillning ishdagi eski do'sti. U Uillning eski yoqtirgan qizi Alisiya bilan turmush quradi.
  • Frank - Luizaning Uill bilan uchrashishdan oldin ishlagan nonvvoyxonada ish beruvchisi edi.
  • Tomas - Luizaning kichkina jiyani , singlisi Katrinaning o'g'li.
  • Majordor Timo'tiy Dewar - Alisiya Dewarning otasi.

Kitob Richard va Judy kitob klubiga joylashtirildi. [6] [7]

Nogironlik bilan shug'illanuvchi tarafdorlar kitob va filmni jiddiy nogironlik bilan qiynalganlar uchun hayot yashashga arzimaydi deb tanqid qilishdi.[8]

Filmga adaptatsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014- yilda MGM "To seni uchratgunimcha" filmi rejissori Thea Sharrock tomonidan kino holida ishlab chiqilganligi va Warner Bros orqali chiqarilganini e'lon qildi. Film dastlab 2015- yil avgust oyida chiqarilishi rejalashtirilgan edi, ammo 2016- yil 3- iyunga kechiktirildi.[9][10]

Emilia Clarke va Sam Klavlin asosiy shaxslarni tasvirlaydilar. Film butun dunyo bo'ylab 200 milliondan ortiq dollar to'plagan.    [citation needed]

Foydalanilgan adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Moyes, Jojo. After you - Jojo Moyes. Penguin Books Limited, 24 September 2015. ISBN 9781405909082. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun. 
  2. „Pamela Dorman Books/Viking to Publish Jojo Moyes' After You, the Sequel to Me Before You“. Penguin Books. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-mart.
  3. „Still Me by Jojo Moyes“ (en-US). Penguin Random House. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
  4. Schaap, James C. "Me Before You (Book Review)." Pro Rege 42.1 (2013): pp. 32–33
  5. „NY Times Book Review“. The New York Times (2013-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  6. Steffens. „Me Before You, By Jojo Moyes“. The Independent (2012-yil 7-yanvar). 2022-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
  7. „Me Before You (review, book club)“. Richard and Judy. 2018-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
  8. 'Me Before You’ Criticized by Advocates Over Portrayal of a Disabled Character, Vikram Murthi, IndieWire, 26 May 2016
  9. Mike Fleming Jr. „Thea Sharrock To Direct 'Me Before You' Movie For MGM“. Deadline (2014-yil 2-aprel).
  10. Busch. „'Me Before You' Gets Release Date From Warner Bros.“. Deadline (2015-yil 14-may). Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.

Tashqi bog'lar

[tahrir | manbasini tahrirlash]