Kontent qismiga oʻtish

Maykelson tajribasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektromagnit toʻlqinlarning tarqalish tezligi juda katta boʻlganligi uchun uni bevosita kuzatish orqali baholash mumkin emas.

Yorugʻlik tezligini birinchi marta 1676- yilda Daniyalik astronom Ryomer Yupiter sayyorasi yoʻldoshlarining tutilishi ustida oʻtkazgan astronomik kuzatishlari asosida aniqlagan.

Yorugʻlik tezligini aniqlashning bir necha usullari mavjud boʻlib, shunday usullardan biri 1926-1929- yillarda Amerikalik olim Maykelson tomonidan ishlab chiqilgan.

Maykelson tajriba oʻtkazish uchun Kaliforniyadagi ikkita togʻ choʻqqisidan foydalandi. Bu choʻqqilar orası 35.426 km boʻlib juda aniq oʻlchangan.

Tajriba quyidagicha: choʻqqilardan biriga yorugʻlik manbai oʻrnatilgan boʻlib, undan chiqadigan yorugʻlik 8 yoqli koʻzgu prizmaga tushadi. Prizmadan qaytgan yorugʻlik ikkinchi choʻqqidagi botiq koʻzguga tushadi. Undan yassi koʻzguga soʻng yana botiq koʻzguning boshqa nuqtasiga tushib, prizmaning ikkinchi yogʻiga tushadi va koʻrish trubasi orqali kuzatuvchi koʻziga tushadi. Yorugʻlikning oʻtgan yoʻli va uning harakat vaqtini bilgan holda yorugʻlik tezligni osongina aniqlash mumkin.