Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Xolidiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Xolidiy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod ³ilgan hisorlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olingan. Alisher Navoiy uning tahsil uchun Hirot shahriga kelganligini, Xolid Valid avlodidan boʻlganligi uchun “Xolidiy” taxallusi bilan ijod qilishini aytadi. “Majolis un-nafois”ning tarjimoni Faxriy Hirotiy esa bu shoir “Faqir odam erdi va qalandar suvratida kezib yurardi” deb maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Matars az tani xoki ba vaqti kushtani man,

Agar ba tigʻi tu garde rasad ba gardani man.

(Mazmuni: Meni oʻldirgan chogʻingda chang bosgan tanamdan choʻchima, agar xanjaringga gard yuqsa mening gardanimgadir)[1][2].

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.