Mavlono Volahiy I
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mavlono Volahiy I (XV asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Alisher Navoiy Mavlono Volahiyni “Majolis un-nafois”ning[1][2] ikkinchi majlisida tilga olib, parishonxotirligini, “bard” (sovuq) soʻzi aytilganda jahli chiqib, ahvolida oʻzgarish sodir boʻlishini aytadi. Mavlono Volahiy Abulqosim Bobur Mashhadda boʻlgan paytida unga atab “orosta” radifli qasida yozgan. “Majolis un-nafois”da ushbu qasidadan olingan quyidagi bayt keltirilgan:
Shoh Abulqosimki, shud dar
davri oʻ xushtar zi xuld,
Mashhadi Sulton Ali Muso
Rizo orosta.
(Mazmuni: Shoh Abulqosim davrida Sulton Ali Muso Rizo (shahid boʻlgan) Mashhad jannatdan ham yoqimli boʻldi).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |