Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Shamsiddin al-Mahbubiy al-Buxoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Faqih

Ism

Mavlono Shamsiddin al-Mahbubiy al-Buxoriy

Tavalludi

Vafoti

1240-yil

Falsafa maktabi


Mavlono Shamsiddin al-Mahbubiy al-Buxoriy — (?—1240) — alloma va faqih. Mavlono Shamsiddin al-Mahbubiy al-Buxoriy ulkan faqih, valiyulloh, tarbiyachi, sarkarda, vatanparvar zot bo‘lgan. Mavlono Buxoro shahrining Samarqand darvozasi tashqarisidagi Nov qishlog‘ida tavallud topgan. Abulhay Laknaviyning yozishicha, Mavlono Shamsiddin ilmni otasi Mavlono Jaloliddin Ubaydullohdan o‘rgangan va o‘z davrining ulug‘ allomasi darajasiga yetgan. Mavlono Shamsiddin usul ilmining bilimdoni edi. Mavlono Shamsiddin qalamlariga mansub bo‘lgan „Tahqiqul furuq“ kitobi mashhurdir. Mavlono Shamsiddinning otasi Mavlono Ubaydulloh ibn Ibrohim ibn Ahmad Jaloliddin Mahbubiy 1146-yilda tug‘ilgan. „Jome us sag‘ir“, „Kitobul furuq“ kabi asarlarni yozgan[1]. „Tarixi Mullozoda“ kitobida keltirilishicha, Mavlono Shamsiddin al-Mahbubiyning bobosi ulug‘ Sadr Burhon al millat vad din Abdalaziz bin Umar al-Moziy edi. Maʼlumki, Chingizxon 1220-yilda katta qo‘shin bilan kelib Buxoroni bosib oldi. Yuzminglab buxoroliklar o‘ldirildi, obidalar vayron etildi. Chingiziylar zulmiga qarshi 1238-yilda Buxoroda Mahmud Torobiy rahbarligida isyon ko‘tarildi. Ushbu jangda Mavlono Shamsiddin al-Mahbubiy ham ishtirok qiladi. Hazrat Mahbubiyning el orasida obro‘lari g‘oyat baland boʻlgan. Shu bois Mahmud Torobiy Mahbubiy hazratlarini o‘ziga pir bilib shu kishining ko‘maklarida butun aholini mo‘g‘ul-tatar g‘alalariga qarshi quzg‘atadi. Xo‘janddan Mahmud Yalavoch katta qo‘shin bilan keladi va o‘rtada qattiq jang boshlanadi, ushbu jangda Mahmud Torobiy ham, Mavlono Shamsiddin Mahbubiy ham shahid bo‘lgan Bu voqea 1240-yilda sodir bo‘lgan. Mavlono Shamsiddin Chashmayi Ayub yonidagi Sharʼobod mozorida, yaʼni o‘z ota-bobolari qabri biqinida dafn qilgan. N.Yo‘ldoshev, P.Rajabovlarning „Mavlono Shamsiddin al Mahbubiy al Buxoriy“ nomli risolalari „Buxoro“ nashriyotida 2001-yil chop etilgan. Buxoro shahridagi Yangi Yer ko‘chasida Hazrat Shamsiddin Mahbubiy nomlarida masjid bino etildi[2].

  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143-bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.