Mavlono Qosim II
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mavlono Qosim II – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Asli Parkent tumanidan. Xoja Ahror Valiyga ellik yildan ortiq muridlik qilgan. Jomiyning eʼtirof etishicha, Mavlono Qosim Xoja Ahror Valiy muridlari orasida faqr tariqida martaba hosil qilib, oʻzlikdan qutulib, fano maqomiga erishganlarning eng fazilatlisidir. Xoja Ahror Valiy bemor boʻlganida naqshbandiy valiylarning yoʻsini boʻyicha oʻsha dardni oʻziga tilab olib, bir haftadan soʻng vafot etgan. Xoja Ahror Valiyning iltimosnomalarini Alisher Navoiyga yetkazganida yetmish yosh atrofida boʻlgan. Ushbu shayx haqidagi bob tazkiraga Navoiy tomonidan qoʻshilgan[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |