Mavlono Nargis
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mavlono Nargis (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning dastlab “Nargis” taxallusi bilan ijod qilgani, keyinchalik “Ohiy” (Faxriy Hirotiyga koʻra “Oyatiy”) deb oʻzgartirgani, qayerda nozik maʼnoli soʻz yoki jumla eshitsa, uni darrov oʻziniki qilib oʻzlashtirish odati borligini aytib, taxallusini oʻzgartirgani kabi bu odatini ham oʻzgartirar, deb umid bildiradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Ba yodi safhai ruxsori oʻ, k-az mah fuzun omad,
Kushodam foli Musʼhaf, surai “Yusuf” burun omad.
(Mazmuni: Yorimning oydan ham goʻzal chehrasining sahifasi yodi bilan Qurʼondan fol ochsam, “Yusuf surasi” chiqdi)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |