Mavlono Abdulloh Keshiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mavlono Abdulloh Keshiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | elchi |
Mavlono Abdulloh Keshiy(arabcha:مولانا عبد الله كيشي — Mavlono Abdulloh Keshiy(XIV asr oxiri XV asr boshida yashagan)) — elchi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavlono Abdulloh Keshiy Amir Temur davrida Misrga elchi qilib yuborilgan. Misr sultoni Barquq Amir Temurga hamisha dushmanlik koʻzi bilan qaragan, bir necha bor uning elchilarini qatl etgan. Sohibqironning ishonchli odamlaridan biri — Amir Otlamishni qamoqqa tashlagan. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Otlamish Qohirada tijorat bilan shugʻullangan, ammo Amir Temurga Misrdagi ichki vaziyat, fuqarolarning ahvoli haqida muntazam maʼlumotlar yuborib turgan. Shu sababli Ibn Arabshoh Mavlono Abdulloh Keshiyni Amir Temurning xufiyalaridan biri edi, deydi. Sohibqiron uni qutqarish uchun Misrga toʻxtovsiz elchilar yuboradi. Xatlarda dushmanlikdan voz kechish, dastlabki qadam sifatida Amir Otlamishni ozod etish talab etilgan edi. Ammo Sulton Barquq Amir Temurga qarshi kurashish uchun Oltin Oʻrda va Usmonli davlati bilan yashirin ittifoq tuzgan edi. Bundan xabar topgan Sohibqiron raqiblarining rejalarini chippakka chiqaradi. 1395-yili Oltin Oʻrdaga yurish qilib, Toʻxtamishxonni tor-mor qiladi. 1399-yili esa Sulton Barquq toʻsatdan vafot etgan Endi Yildirim Boyazid Amir Temur bilan yuzma-yuz qolgan edi, ikki davlat elchilarining saʼy-harakatlari va oʻzaro munosabatlarni yaxshilash yoʻlidagi barcha urinishlarga qaramay, nizo 1402-yili Anqara jangi bilan yakunlanadi. Ammo Sohibqiron Misr davlati bilan nizoni tinch yoʻl bilan bartaraf etish fikridan qaytmadi. Shu maqsadda Mavlono Abdulloh Keshiy Misrning yangi sultoni Faraj huzuriga elchilikka yuboriladi. U sultonni sulh shartnomasi tuzishga koʻndirishi kerak edi. XIV asr oxiri va XV asr boshida yashab, ushbu voqealarning bevosita shohidi boʻlgan taniqli Misr tarixchisi Ibn Doʻqmoqning guvohlik berishicha, bunday sulh haqiqatan ham imzolangan. Misr sultoni oʻzini Amir Temur bilan sulh tuzganligi eʼtirof etgan. Bu murakkab vaziyatdagi ikki davlat oʻrtasida aloqani tiklash elchi Mavlono Abdulloh Keshiyga topshirilgan va elchi bu topshiriqni bajargan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muhammadiyev N. Nasaf va Kesh allomalari. - B. 103.