Kontent qismiga oʻtish

Mauntin-pass

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mauntin-pass - kamyob elementlar rudasining dunyodagi eng katta konlaridan biri, AQShning Kaliforniya shtatida. 1949-yilda ochilgan, 1955-yildan qazib olinadi. Kon kechki karbonatitlar guruhiga mansub. Mezozoy burmali oblastida joylashgan. Asosiy kamyob minerali — bastnezit (tomirdagi miqsori 15% gacha). Konning umumiy zaxirasi qariyb 5 mln. t, aniqlangani 3 mln. t ga yaqin. Ruda ochiq usulda qazib chiqariladi. Yoʻlakay barit ham ajratib olinadi. M.-P.dagi korxonalar dunyoda olinayotgan kamyob elementlar mahsulotining qariyb yarmini beradi. Mahsulotni, asosan, AQSH, shuningdek, boshqa rivojlangan mamlakatlarning metallurgiya, neftni kayta ishlash, keramika va oynashisha sanoati isteʼmol qiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil