Matvey Lyubanskiy
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Matvey Robertovich Lyubanskiy (1911.19.4, Minsk — 1978.3.8, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1956). 1947—58 yillarda Samarqand rus drama teatri, 1958-yildan Toshkentdagi Oʻzbekiston akademik rus drama teatrida aktyor. Ifodali nutq, sahnaviy joʻshqinlik, qahramon ichki dunyosini chuqur his qilish, qaytarilmas toʻlaqonli obrazlar yaratish L. ijodiga xos. Eng yaxshi rollari: Petruchchio, Otello ("Qaysar qizning quyulishi", "Otello"), Sirano de Berjerak ("Sirano de Berjerak"), Jeyms Teylor ("Qonli sarob"), Suvonqul ("Momo yer"), Ulugʻbek ("Mirzo Ulugʻbek"), Oʻrinboy ("Kelinlar qoʻzgʻoloni").[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |