Matthias Maurer
Matthias Maurer | |
---|---|
Tavalludi | 1970-yil 18-mart (52 yosh) Sent-Vendel, Saarland, Gʻarbiy Germaniya |
Fuqaroligi | Germaniya |
Kasbi | Astronavt, Materialshunos |
Millati | Germaniya |
Kosmik karyera | |
Kosmosdagi vaqt |
336 kun 21 soat va 39 daqiqa |
Jami EVAs |
1 |
Jami EVA vaqti |
6 soat 54 daqiqa |
Missiyalar | SpaceX Crew- 3 (ekspeditsiya 66/67) |
Missiya belgisi |
Matthias Maurer (talaffuzi: Matthew Maurer 1970-yil 18-martda tugʻilgan) — Yevropa kosmik agentligi astronavti va materiallar boʻyicha olim. Maurer 2015-yilda kosmik mashgʻulotlarda qatnashish uchun tanlangan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maurer Sankt Wendel, Saarlandda tugʻlulib oʻsgan[1][2]. Maurer Malteser Favqulodda Xizmatida feldsher sifatida majburiy fuqarolik xizmatini oʻtagan. U Germaniyaning Saarbrücken shahridagi Saarland universitetida materialshunoslik va texnologiya boʻyicha tahsil olgan. 1999-yildan 2004-yilgacha Maurer Germaniyaning RWTH Aachen universiteti Materialshunoslik institutida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Uning muhandislik fanlari doktori (Dr.-Ing.). “Termik purkalgan qoplamali alyuminiy koʻpikli engil kompozitsiyalar” mavzusidagi dissertatsiyasi bir qancha ilmiy mukofotlarga sazovor boʻlgan. Doktorlik darajasini tugatgandan soʻng, Maurer butun dunyo boʻylab uzoq muddatli sayohatga chiqdi. 2006-yilda Maurer MBA boshqaruv darajasiga ega boʻlgan Hagen universitetida iqtisod boʻyicha qoʻshimcha oʻqish kursini muvaffaqiyatli yakunladi[3].
Astronavt faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maurer 2008-yilda 8500 nafar nomzodlar bilan birga kosmonavt sifatida Yevropa kosmik agentligiga ariza topshirgan va tanlovdan oʻtgan oʻn kishidan biri boʻlgan. Ammo dastlab Yevropa astronavtlar korpusiga tayinlanmagan. 2010-yilda u Yevropa kosmik agentligida ekipajni qoʻllab-quvvatlash muhandisi sifatida ishlay boshladi. 2015-yil iyul oyida Yevropa astronavtlar korpusiga rasman qoʻshilgan[4]
2020-yil 12-may kuni u Texasdagi Jonson kosmik markaziga ESA astronavti Thomas Pesquet va rossiyalik kosmonavtlar Sergey Ryzhikov, Sergey Kud-Sverchkov, Oleg Novitskiy va Pyotr Dubrov bilan birga COVID-19 pandemiyasi davridagi mashgʻulotlar uchun yetib keldi[5].
Ekspeditsiya 66/67
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil 28-iyulda Maurer SpaceX Crew-2 da Thomas Pesquet uchun zaxira ekipaj aʼzosi sifatida eʼlon qilindi.
2020-yil 14-dekabrda Maurer rasman 2021-yil 10-noyabrda boshlangan SpaceX Crew-3 missiyasiga tayinlandi[6]. U NASA astronavtlari Raja Chari bilan birga Xalqaro kosmik stansiyaga uchishdi. Stansiya bortida ular 66-ekspeditsiyaga qoʻshilishdi. Bu missiya uni 2018-yilda Aleksandr Gerstdan keyin oʻn ikkinchi nemis kosmonavtiga aylantirdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Биография М. Маурера“. EKA.
- ↑ „Матиас Йозеф Маурер. Биография“. Сайт «Космическая энциклопедия». Qaraldi: 17-may 2021-yil.
- ↑ „Matthias Maurer“ (inglizcha). www.esa.int. Qaraldi: 1-oktabr 2021-yil.
- ↑ ESA. „Matthias Maurer“. ESA (20-avgust 2020-yil).
- ↑ @ShuttleAlmanac. „.@NASA gave a lift to the upcoming...“.
- ↑ „NASA assigns astronauts for third SpaceX commercial crew mission“ (inglizcha). SpaceNews (15-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 5-oktabr 2021-yil.