Kontent qismiga oʻtish

Mattala Rajapaksa xalqaro aeroporti

Koordinatalari: 06°17′20″N 81°07′25″E / 6.28889°N 81.12361°E / 6.28889; 81.12361
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mattala Rajapaksa xalqaro aeroporti
මත්තල රාජපක්ෂ ජාත්‍යන්තර ගුවන්තොටුපළ
மத்தல ராஜபக்ஷ சர்வதேச விமான நிலையம்
IATA kodi: HRIICAO kodi: VCRI
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi Shri Lanka hukumati
Operator AASL
Xizmat doirasi Janubiy provinsiya, Shri Lanka
Joylashuvi Mattala, Hambantota, Shri Lanka
Dengiz sathidan balandligi 48 m / 159 ft
Koordinatalari 06°17′20″N 81°07′25″E / 6.28889°N 81.12361°E / 6.28889; 81.12361
Vebsayti Official website
Xarita
HRI (Shri-Lanka)
HRI
Aeroportning Shri Lanka xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
05/23 3,500 11,483 Asfalt
Maʻlumotlar (2021)
Yoʻlovchilar soni 25,767
Yuk (t) 0
Parvozlar soni
Manba :[1]

Mattala Rajapaksa xalqaro aeroporti (sing. මත්තල රාජපක්ෂ ජාත්‍යන්තර ගුවන්තොටුපළ; tam. மத்தல ராஜபக்ஷ சர்வதேச விமானநிலையம்) (IATA: HRIICAO: VCRI) – Shri Lanka janubi-sharqiga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Hambantotadan 18 km (11 mi) uzoqlikda, Mattala shaharchasida joylashgan. Bu mamlakatdagi birinchi noldan qurilgan aeroport hamda Ratmalana xalqaro aeroporti va Kolombodagi Bandaranaike xalqaro aeroportidan keyin uchinchi xalqaro aeroportdir.

MRIA 2013-yil mart oyida Prezident Mahinda Rajapaksa tomonidan rasman ochilgan. Dastlab, bir nechta aviakompaniyalar, jumladan, SriLankan Airlines aeroportga parvozlarni amalga oshirgan. Biroq, past talab tufayli 2018-yilga kelib deyarli barcha aviakompaniyalar Mattalani tark etadi.

Parvozlar sonining kamligi sababli uzoq muddatli samolyotlarni toʻxtatish xizmatlarini taklif qilish, shuningdek, aeroportdan uchish maktablari va texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarini yaratish taklif qilingan[2]. 2016-yilda aeroport qarzlarini toʻlash uchun yetarli daromad olmaganligi sababli, Shri Lanka hukumati tijorat faoliyatini olib borish uchun qiziqish bildirishga chaqirdi. Aeroportning kattaligiga qaramay, parvozlar sonining kamligi tufayli Forbes nashri tomonidan „Dunyodagi eng boʻsh xalqaro aeroport“ deb topilgan[3][4]. 2020-yilda yangi saylangan Shri Lanka hukumati aeroportni qoʻshma korxona sifatida boshqarish boʻyicha Hindiston bilan muzokaralarni toʻxtatdi[5]. COVID-19 pandemiyasi davrida aeroportda repatriatsiya, charter va dengizchilar parvozlari tufayli trafik oshdi. 2022-yilda hukumat MRIAni Davlat-xususiy sheriklik loyihasi sifatida boshqarish rejalarini qayta tiklashga qaror qildi, chunki aeroport zarar koʻrishda davom etdi[6].

Mattaladagi markazi faoliyat yuritayotganda SriLankan Airlines Airbus A330 (rasmdagi) va Airbus A340 keng fyuzelyajli samolyotlari orqali aeroportdan parvozlarni tashkillashtirgan.
ATC minorasi

Infratuzilmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻlovchi terminali 10,000 m2 (110,000 kv ft) maydonni egallaydi va yiliga 1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi. 12 ta roʻyxatga olish stoli, teletraplar bilan jihozlangan 2 ta darvozasi bor[7]. Bundan tashqari terminalda restoran, tibbiyot punkti va biznes klass yoʻlovchilari uchun dam olish xonasi mavjud.

Uchish-qoʻnish yoʻlagi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

MRIAda bitta uchish-qoʻnish yoʻlagi – 05/23 bor. Uzunligi 3 500 m boʻlgan yoʻlak dunyodagi eng yirik samolyoti – Airbus A380ni qabul qila oladi[7].

Boshqa inshootlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havo harakatini boshqarish minorasi 35 m (115 ft) balandlikda joylashgan. Aeroport yuk inshooti 1,000 m2 (11,000 kv ft) maydonni egallaydi va yiliga 50 000 tonnagacha yuk tashiy oladi[7].

2014-yilda yonilgʻi gidrant tizimi va samolyotlarga yonilgʻi quyish terminali qurib bitkazildi. Yoqilgʻi gidranti tizimi China Harbor Engineering Company (CHEC) tomonidan 7 million AQSh dollariga qurilgan, yoqilgʻi quyish terminali esa Dubayda joylashgan Amana Pipeline Construction LLC tomonidan 31 million AQSh dollariga qurilgan[8]. Bu inshoot qurilishidan oldin yoqilgʻi Hambantota portidagi rezervuarlardan sisternalarda tashilgan, bu esa baʼzida parvozlarning kechikishiga olib kelgan[9].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻlovchi tashish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aviakompaniya Manzillar
Bulgaria Air Mavsumiy charter: BolgariyaSofiya[10]
Centrum Air Toshkent[11]
Cinnamon Air, Shri Lanka bayrogʻi Shri Lanka Shri LankaBatticaloa, Kolombo–Bandaranaike, Shri LankaKoggala, Shri LankaSigiriya
FitsAir, Shri Lanka bayrogʻi Shri Lanka Charter: Shri LankaKolombo–Ratmalana
Red Wings Airlines Mavsumiy charter: Mineralnye Vodi[12], Moskva-Domodedovo[manba kerak], Novosibirsk[manba kerak], Qozon[manba kerak], Samara[13], Sochi[manba kerak], Tyumen[14], Chelyabinsk[manba kerak]
SCAT Airlines Mavsumiy charter: Olmaota[15]
SkyUp Airlines, Ukraina bayrogʻi Ukraina Mavsumiy charter: PolshaKatovitsa[manba kerak], Kishinyov[manba kerak], Tallin[manba kerak], Varshava–Shopen[manba kerak], Vilnyus[manba kerak]
Aviakompaniya Manzillar
FitsAir, Shri Lanka bayrogʻi Shri Lanka Shri LankaKolombo–Ratmalana

Baxtsiz hodisalar va falokatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha baxtsiz hodisalar va falokatlar qushlarning toʻqnashuvi natijasida sodir boʻlgan.

  • 2013-yil 14-mart kuni Kolombo va Mattala oʻrtasida sinov parvozini amalga oshirayotgan SriLankan Airlines samolyoti yaqinlashib kelayotgan qushlar galasi bilan toʻqnashib ketdi. Samolyot xavfsiz qoʻnishga muvaffaq boʻldi[16].
  • 2013-yil 25-mart kuni Maledan Mattala orqali Kolomboga uchayotgan SriLankan Airlines aviakompaniyasining 114-reysidagi Airbus A340-300 samolyoti MRIAdan havoga koʻtarilish vaqtida qushlar bilan toʻqnashib ketdi. Samolyotning old oynasida yoriq paydo boʻldi, ammo samolyot Kolombogacha parvozni davom ettira oldi[17].
  • 2014-yilning 11-yanvarida Kolombodan Mattala orqali Dubayga uchayotgan flydubai aviakompaniyasining 551-reysidagi Boeing 737-800 samolyoti MRIAdan havoga koʻtarilish vaqtida tovuslar suruvini urib yubordi. Samolyot MRIAga qaytishga majbur boʻldi va uni tekshirish uchun Kolombodan muhandislar va texniklar olib kelindi[18].
  1. „Govt. plans to resume operations at Mattala Airport“. dailymirror.lk (2020-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 26-fevral.
  2. „economynext.com“. www.economynext.com. 2015-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
  3. „For Sale: The World's Emptiest International Airport“.
  4. „The Story Behind The World's Emptiest International Airport“.
  5. „Sri Lanka, not India, will develop Mattala airport: Gotabaya Rajapaksa“.
  6. „Mattala Airport running at monthly loss of Rs. 10 Mn : Minister - Latest News | Daily Mirror“ (English). www.dailymirror.lk. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  7. 7,0 7,1 7,2 Maslen, Richard (18 March 2013). „New Mattala Rajapaksa International Airport Opens in Sri Lanka“. Routes Online. Retrieved 16 February 2016.
  8. „Mattala Rajapaksa (formerly Hambantota) International Airport, Sri Lanka“. airport-technology.com. Retrieved 16 February 2016.
  9. „Plane delayed at Mattala“. Daily Mirror. 25 March 2013. Retrieved 21 February 2016.
  10. „Шри Ланка посрещна българските туристи с воден салют и тържествена програма“.
  11. „Centrum Air Revises Sri Lanka Operations From late-Dec 2024“. Aeroroutes. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  12. Трофимова, Кристина. „Из Минеральных Вод запустят прямые рейсы в Шри-Ланку — Travel Russian News“. www.trn-news.ru. Travel Russian News (2024-yil 27-iyun). Qaraldi: 2024-yil 1-iyul.
  13. Лейканд, Денис. „Из Самары запустят прямые рейсы в Шри-Ланку“ (ru). 63.ру - новости Самары (2024-yil 27-iyun). Qaraldi: 2024-yil 27-iyun.
  14. Пичурина, Ирина. „Red Wings осенью запустит прямые рейсы из Тюмени на Шри-Ланку“ (ru). Коммерсантъ (2024-yil 25-iyul). Qaraldi: 2024-yil 25-iyul.
  15. „SCAT Airlines to commence flights to Mattala Airport in March“ (2023-yil 23-fevral).
  16. „Bird attack on SriLankan flight to Mattala“. Sri Lanka Guardian. 17 March 2013. Retrieved 21 February 2016.
  17. Kannangara, Nirmala (31 March 2013). „Mattala International Airport In Mid-air Battle“ (Wayback Machine saytida 13 September 2015 sanasida arxivlangan). The Sunday Leader. Retrieved 18 February 2016.
  18. „Panic as peacocks hit plane at MRIA“. The Sunday Times. 12 January 2014. Retrieved 21 February 2016.

Vikiomborda Mattala Rajapaksa International Airport mavzusiga oid fayllar bor