Massachusets universiteti
Massachusets universiteti logotipi | |
Turi | Universitet |
---|---|
Asos solingan sanasi | 1863-yil (Amherstdagi binosi) |
Prezidenti | Marty Meehan |
Talabalari | 74,000 (2019-yil)[1] |
Manzili | |
Kampusi |
UMass Amherst UMass Boston UMass Dartmouth UMass Lowell UMass Chan Tibbiyot maktabi UMass huquq maktabi |
Veb-sayti | www.massachusetts.edu |
Massachusets universiteti — 1863-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari Massachusets shtatida joylashgan davlat universiteti. Universitet umumiy hisobda 5 ta asosiy kampuslarga ega[2]. Universitet quidagi beshta kampusni oʻz ichiga oladi (Amherst, Boston, Dartmut, Louell, Vussterdagi tibbiyot maktabi va Dartmutdagi huquq maktabi), shuningdek, yana Kaliforniya va Vashingtondagi 25 ta kampusni ham oʻz ichiga oladi[3][4]. Massachusets universiteti prezident, hamda 22 ta aʼzodan iborat Vasiylar kengashi tomonidan boshqariladi[5], hozirda universitet prezidenti Marty Meehan hisoblanadi[6]. Universitet taʼlim tizimi maʼmuriyati Boston va Shrewsburyda joylashgan[7], Yangi Angliya maktablar va kollejlar uyushmasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan va uning kampuslarida 73,979 talaba tahsil oladi[4].
Kampuslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Massachusets Amherst universiteti UMass tizimidagi eng katta universitetdir. Bu kampus 1863-yil Massachusets ochilgan vaqtida qishloq xoʻjaligi kolleji sifatida tashkil etilgan. UMass Chan tibbiyot maktabi 1962-yilda Vussterda tashkil topgan. Massachusets Boston universiteti esa 1964-yilda tashkil qilinib, keyinroq 1982-yilda Boston shtat kolleji bilan birlashtirilgan. 1991-yilda yana ikkita kampus yaʼni Massachusets Louell universiteti va Massachusets Dartmouth universiteti sifatida UMass tizimga qoʻshilgan.
Massachusets Amherst universiteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amherst universiteti UMass tizimidagi kampuslarining birinchi tashkil etilgani, hamda eng katta kampus hisoblanadi. Bu kampus Amherstdagi Massachusets qishloq xoʻjaligi kolleji (dastlab shunday nomlangan) nomi bilan 1863-yilda tashkil etilgan. 1931-yilda „Massachusets shtat kolleji“ga, 1947-yilda esa „Massachusets universiteti“ga aylantirilgan.
Universitetga turli xil darajadagi talabalar, hamda professorlar qabul qiladi. Amherstda 1300 dan ortiq kunduzgi taʼlimda faoliyat koʻsatadigan oʻqituvchilar mavjud. Professor-oʻqituvchilarning 92 foizi oʻz yoʻnalishlari boʻyicha eng yuqori darajaga ega. 2018-yilgi kirish imtihonlari uchun oʻrtacha SAT balli 1296, oʻrtacha GPA esa 4,0 shkalasi boʻyicha 3,90 ni tashkil qilgan. Kampusda 21 969 ta bakalavriatda tahsil oladigan talabalar bor va 109 ta bakalavriat dasturlari ham mavjud. Talaba-oʻqituvchilar nisbati 18:1 ga teng va guruhlarning 81 foizida 40 nafardan kam talaba tahsil oladi[8].
Massachusets Boston universiteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Massachusets Boston universiteti — UMass tizimidagi tadqiqot universiteti hisoblangan[9]. UMass Boston kampusining rektori Marselo Suares-Orozkodir. Ushbu kampus Boston shahrida hamda Kolumbiya-Point yarim orolidagi Boston bandorgohida joylashgan, John F. Kennedy kutubxonasi va Massachusets shtati arxivi binolari kampus atrofida joylashgan.
UMass Boston universitetida 12 000 dan ortiq bakalavr va 4 000 ga yaqin aspirantlar tahsil olgan, bu statistika bilan mazkur kampus UMass tizimidagi eng katta kampuslar orasida 3-oʻrinni egallagan[10]. Universitetda 100 dan ortiq bakalavriat va 50 ta magistratura dasturlari mavjud, hamda beshta bakalavriat kolleji va ikkita magistratura kollejiham faoliyat yuritadi. Kunduzgi taʼlimga asoslangan fakultetlarning 93 foizi oʻz sohalarida eng yuqori darajalarni namoyish etishgan[11].
Massachusets Global universiteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil sentyabr oyida Brandman universiteti nazorat shartnomasini oʻzgartirish orqali, Chapman universiteti rahbariyati Massachusets universiteti bilan qayta aloqaga chiqqan va UMass Global nomini olgan[12].
Moliya boʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]UMass tizimi uchun 2014-yilgi moliya hisobotlarida berilgan yillik operatsion byudjeti 2,94 milliard dollarni tashkil etgan, bu joriy yil xarajatlariga nisbatan 2,6 foizga oshgan[13]. Massachusets universitetining bir qancha xodimlari Massachusets shtatidagi eng yuqori maosh oluvchi davlat xizmatchilari qatoriga kiritilgan[14][15][16].
Universitet prezidenti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Prezident universitetning bosh ijrochi direktori hisoblanadi. Marty Mihan 2015-yil 1-iyulda beshta kampusli, 73 000 talabaga ega boʻlgan Massachusets universitetining 27-prezidenti boʻlgan.
1962-yilda tibbiyot maktabi tashkil etilishidan oldin prezident Amherstdagi kampus maʼmuri sifatida faoliyat yuritgan. UMass Boston kampusi 1964-yilda tashkil etilganida, universitet prezidentiga kanslerlarning hisobot topshirishida rahbarlik qilgan. 1970-yilda qayta tashkil etish doirasida UMass Amherstning kundalik rahbarlik vazifalarini kanslerga oʻtkazilgan, ikkala kansler ham prezidentga bir vaqtda hisobot berishgan. Bugungi kunda prezident beshta kampusni ham oʻzi boshqaradi.
Prezident | Faoliyat yillari[17] |
---|---|
Henry French | 1864 — 1866-yillari |
Paul Chadbourne | 1866 — 1867 va 1882 — 1883 |
William Clark | 1867 — 1879 |
Charles Flint | 1879 — 1880 |
Levi Stockbridge | 1876 va 1880 — 1882 |
James Greenough | 1883 — 1886 |
Henry Goodell | 1883 va 1886 — 1905 |
William Brooks | 1905 — 1906 |
Kenyon Butterfield | 1906 — 1924 |
Edward Lewis | 1924 — 1927 |
Roscoe Thatcher | 1927 — 1932 |
Hugh Baker | 1933 — 1947 |
Ralph Van Meter | 1947 — 1954 |
Jean Paul Mather | 1954 — 1960 |
John Lederle | 1960 — 1970 |
Robert Wood | 1970 — 1977 |
Franklin Patterson | 1978 (vaqtinchalik) |
David Knapp | 1978 — 1990 |
Joseph Duffey | 1990 — 1991 |
Elbert Fretwell | 1991 — 1992 (vaqtinchalik) |
Michael Hooker | 1992 — 1995 |
Sherry Penney | 1995 — 1996 (vaqtinchalik) |
William Bulger | 1996 — 2003 |
Jack Wilson | 2003 — 2011 |
Robert Caret | 2011 —2015 |
Marty Meehan | 2015 — hozirgacha |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Massachusets Amherst universiteti
- Massachusets Louell universiteti
- Massachusets Boston universiteti
- Massachusets Dartmut universiteti
- Massachusets universiteti Chan tibbiyot maktabi
- Massachusets universiteti huquq maktabi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Quick Facts“. 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-noyabr.
- ↑ „UMass Foundation Endowment“. UMass Foundation (2022-yil 20-iyun). Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
- ↑ „UMass Opens Springfield Center Campus Office“. WAMC/Northeast Public Radio (2014-yil 31-mart). 2015-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
- ↑ 4,0 4,1 „UMass' Springfield center holds opening ceremony“. boston.com. 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
- ↑ „Board of Trustees - University of Massachusetts“. University of Massachusetts. Qaraldi: 2023-yil 15-may.
- ↑ „President - University of Massachusetts“. University of Massachusetts. Qaraldi: 2023-yil 15-may.
- ↑ „About - University of Massachusetts Office of the President“. 2016-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
- ↑ „UMass.edu“. Umass.edu. 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-aprel.
- ↑ „Carnegie Classification“. Carnegie Foundation for the Advancement of Teaching. Qaraldi: 2010-yil 18-iyul.
- ↑ „About – Quick Facts | University of Massachusetts“.
- ↑ „UMass Boston“. University of Massachusetts. 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-dekabr.
- ↑ Lederman, Doug. „Brandman University, adult-serving online institution, to become UMass Global“. Inside Higher Education (2021-yil 3-sentyabr). 2021-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
- ↑ „UMass System Fiscal Year 2014 Operating Budget“. University of Massachusetts. 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ „UMass staffers top list of highest paid employees in Massachusetts (BBJ DataCenter)“. Boston Business Journal. 2014-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ „UMass tops the charts of highest paid state employees“. The Massachusetts Daily Collegian. 2014-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ „More than 1,000 state employees get pay hiked over 2000,000“. Boston Herald. 2014-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
- ↑ Massachusetts.edu (Wayback Machine saytida April 19, 2014, sanasida arxivlangan), Retrieved January 11, 2009.