Kontent qismiga oʻtish

Mass-spektroskopiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mass-spektroskopiya, mass spektrometriya – modda tarkibidagi atom va molekulalar spektri boʻyicha ularning massasini tekshirish usullari. Atom va molekulalari ionlashgan har bir modda t/ye nisbat bilan bir-biridan farq qiladi, bu nisbat (bunda t – massa, ye – ion zaryadi) mass-spektrometrlar bilan oʻlchanadi. Olingan spektrga koʻra, modda massasi va jism tarkibidagi boshqa moddalar miqdori topiladi. Mass-spektroskopiya tatbikiy fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, geol. va texnikada asosiy analitik usullardan biri hisoblanadi. Jism (yoki suyuk, lik) tarkibidagi modda massasini aniqlashning har xil usullari bor. Mas, dublet usuli bilan dispersion chiziqlar orasidagi masofa anikdanadi va shu masofa boʻyicha massalar farqi topiladi. Ionlar tokini oʻlchash usuli bilan moddalar massasi aniqlanadi.

Gaz tarkibini aniqlash uchun ham Mass-spektroskopiyadan foydalaniladi. Gazlar toʻliq bugʻlatish, izotopga ajratish, vakuumda uchqunlatish va ionlar bilan bombardimon qilish usullari orqali tekshiriladi. Maʼlum miqdordagi moddani Mass-spektroskopiya bilan tekshirib, undagi elementlar miqdori – gaz aralashmalaridagi komponentlari miqdori nazorat kilinadi va aniqlanadi, izotoplar olinadi. Kimyo sanoatida Mass-spektroskopiya bilan texnologik jarayonlar boshqariladi, atom yuqori qatlamining tarkibi oʻrganiladi, zaryadli zarralarning toʻqnashishidagi jarayonlar kuzatiladi, kimyoviy reak-siyalar kinetikasi tekshiriladi. Mass-spektroskopiya koʻp sohalarda yagona usul hisoblanadi. Mass-spektroskopiya yordamida Yer yuqori atmosferasining neytral va ion tarkibi oʻlchangan (boshqa sayyoralarning atmosfera tarkibini ham shu usulda oʻlchash mumkin)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil